Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


 O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

 
12.2. O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari 


 
Xarakatga o‘rgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Bu esa xayot uchun kerakli malaka va ko‘nikmalarni 
osondan qiyin didaktik prinsipi asosida, ketma-ketlikda, asta-sekinlik bilan olib boriladi va jismoniy tarbiya xaqida 
eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiena qoidalari talablariga bo‘ysunishga o‘rgatiladi. 
Maktab yoshigacha bo‘lgan bola jismoniy tarbiyasi umumiy o‘qitish uslubiyatlari asosida olib boriladi va 
o‘qitishning quyidagi – onglilik va faollik, ko‘rgazmalik, kuchiga yarashalik va individuallashtirish, sistemalilik, 
talabalarini oshirish prinsiplariga tayanadi. 
Bolani xarakatga o‘rgatishda: 
a) ko‘rgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak bo‘lgan xarakat, ko‘rgazmali qurol orqali ko‘rsatiladi, taqlid 
qilinadi va narsalar turgan tomonlarga qarab bajarish uchun mo‘ljal beriladi. 
b) so‘z yordamida ko‘rsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berish, so‘rash va boshqa uslubiyatlardan 
foydalaniladi. 
v) mashq qilish uslubiyati  xarakatni bajarish shartini o‘zgartirmasdan va o‘zgartirib bajarishdan foydalaniladi. 
d) o‘yin va musobaqa uslubiyati... 
Ko‘rgazmalilik uslubiyati xamma yoshdagi guruxlarda yoshning katta-kichikligiga, xarakat malakasi 
zaxirasining ko‘p yoki ozligiga qarab qo‘llashning mezoni belgilanadi. 
Eng kichik yoshdagilarda xarakat malakasi zaxirasi kam bo‘lib, ularda mashqlar xaqida tasavvur xosil qilish 
juda qiyin bo‘ladi. Mashqga o‘rgatish uchun ko‘rgazmalik uslubiyatidan ko‘proq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni 
ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurol, rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashulot paytida 
mashq texnikasini egallashni osonlashtiradi. Xarakatga o‘rgatishda taqlid qilish mashqlari yuqori samara beradi. 
Xarakatni bajarishda o‘sha xarakatni xayvonlar, qushlar va boshqa jonivorlar xarakati misolida o‘qitish bolalarda 
obraziga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va taolim jarayonini faollashtiradi. 
Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda bo‘lsa shunchalik qiziqib bajaradilar. Bu yoshdagilarga ko‘rish va 
jismlarga qarab mo‘ljal olish, qobiliyatini o‘stirishni axamiyati katta. U o‘z navbatida bajarilishi qiyin jismoniy 
mashqlarni baja-rishni osonlashtiradi. Masalan: baland osib qo‘yilgan jismdan oshirib uloqtirish, bunda tana orqaga 
bukiladi, tananing oirligi orqada turgan oyoqqa yuklanadi, yoki sakrab, osib qo‘yilgan! Buyumga yetish, o‘yinchoqlar, 
boshqa jismlar ilib qo‘yib bajartirishni samarasi yuqori bo‘ladi. 
Bolalarni mashqlarini qo‘rqmay bajarishga o‘rgatish muximdir. Xarakat malakasini shakllantirishda ritm
tempni xis qildirish, ko‘pik, aytishuv bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga musiqa tavsiya qilinadi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin