Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Solomlashtirish vazifalari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Solomlashtirish vazifalari xam tarbiya vazifalari kabi xar bir darsda xal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya 
darslarini to‘ri uyushtirish va o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan shuullanishni, mashulotlarning joylarida zaruriy 
sanitariya-gigiena xolatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq xavoda o‘tkazilishi, solomlashtirish vazifalarini xal 
etish imkoniyatini yaratadi. 
 
13.3.2. Jismoniy tarbiya darsini tashkillash
va o‘tkazishning usuliy asoslari 
Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko‘pincha o‘qituv-chining tuzgan rejasini xayotiyligi, shuullanuvchilar 
faoliya-tini tashkillash uchun tanlagan usuliyati va uslublari mavjud jixozlar va sport anjomlaridan, texnik 
vositalardan, sport inshoatlaridan effektli foydalana olish, temperatura, iqlim sharoiti, o‘quvchilarning tayyorgarlgi, 
ularning yoshi, individual xususiyatlarini xisobga olib effektli foydalana olish bilan boliq. 
Darsning uyushtirilishining teominlanishi quyidagi-larni: 
1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni; 2) moddiy-texnik jixatdan taominlashni; 3) darsda 
o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to‘ri tanlash orqali qo‘yilgan vazifani effektli xal qilishni nazarda 
tutadi. 
Darsni o‘tkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shuullanish 
jarayonida yuzaga keladigan, solomlashtirish effektidan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlarni tushuniladi. 
Shunga ko‘ra mashulotlarni o‘tkazish joyining qatiyyan belgilangan tibbiy-gigienik normalarga muvofiqligiga 
Eri-shish. Sport zali uchun xavo temperaturasi (eng maoquli) 14-16
0
S da ushlanishi. Tanaffuslarda ochiq maydonlarga 
suv sepilishi, sport zallari esa oynalari ochilib shamollatilishi. Aniqla-nishicha, inson o‘pkasida u tinch turgan xolda 
xavo ventilyasiyasi almashishi minutiga 4 dan 6 l atrofida, yuqori intensivlikda bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, 


sport o‘yinlari) organizm-ni xavo yutishi 10 va undan ortiq darajadan oshishi mumkin. Shuning uchun mashulot 
joylarini toza xavo bilan taomin-lashning axamiyati muxim.
Ayniqsa, zaldagi jixozlar, anjomlar, matlar (gilamlar) polni tozaligi doimiy diqqat va eotiborni talab qiladi. Xar 
bir darsdan so‘ng zal polini xo‘llangan pol latta bilan namlangan latta bilan esa jixozlar, matlarni artib chiqish 
zaruriyati mavjud. Mashulotlar tugagandan so‘ng esa shuul-lanilgan joy tozalovni talab qiladi. Chunki tozalanmagan 
zal shuullanuvchi soligiga katta putr yetkazadi, tanani, sport formalarini kirlanishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin