Motor zichlik dars jarayonida doimo o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarning shartligini darsda qo‘llanilayotgan
jismoniy mashqlarning
mazmunini turli-tumanligi, ulardan foydalanish joyi va qo‘llanilayotgan usuliyatlar bilan
izoxlash mumkin. Darsning M3 ning ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi darsning tipiga xam boliq. Xarakat texnikasini
takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish darslarida M3 70-80% gacha ko‘tarilishi mumkin.
Aqliy faoliyat
ko‘proq aralashgan, xarakat faoliyatini o‘zlashtirish darslarida esa 50% gacha pasayib ketishi mumkin.
M3 ni axamiyati muximligini eotirof etishimizga qaramay u xech qachon 100% bo‘lishi
mumkin emas, aks
xolda darsni materialini tushintirish, sodir bo‘ladigan xatolar, ular ustida fikr yuritishga vaqt qolmagan bo‘lar edi. Bu
o‘z navbatida o‘quv
ishlarining sifati, samaradorligiga salbiy taosir ko‘rsatgan bo‘lar edi.
Dostları ilə paylaş: