JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
6.2. Tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar Xavo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy
tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Xayotiy sharoit, muxit insonni turli sharoitda moddiy neomat yaratish,
yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muxim axamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning
inoomi – xavo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustaxkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayoni ochiq xavoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib jismoiy mashqlar
bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish, xavoning issiq-sovui jismoniy mashqlar bilan inson
organizmiga turlicha taosir ko‘rsatadi. Mashulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muxim axamiyat
kasb etadi.
Ishni shunday tashkillash lozimki, jonajon Respublika-mizning geografik, iqlimiy va ekologik xolatini xisobga
olib barcha viloyat va xududlarda tabiatning solomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini
ishlab chiqish muammosi xal qilinishi lozim. Masalan, quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha
aloxida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini xisobga olinmasdan toblansa uning taosiri
turlicha bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning meoyori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini eotibordan
chetda qoldirish tabiat-ni solomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy nati-jalarga olib kelishni unutmasligimiz
lozim.
Shuullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish,
xavoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashshishi individning yoshligidan
yo‘lga qo‘yishni samarasi katta. Xar tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan
qo‘shib olib borilishi tashqi muxitning salbiy taosirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada
oshiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko‘chuvchan” bo‘ladi, yaoni u insonning
boshqa faoliyati (asosan, mexnat, xarbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning xayotiy-amaliyligini
oshiradi. Qolaversa, ruxiy-irodaviy xislatlarini xam kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, meoyorsiz
nagruzkaga chidash, vaznsizlik xolatiga tez moslashishdek vazifalar oson xal bo‘ladi.