Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


«Xarakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o‘rganish



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/185
tarix05.12.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#120451
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   185
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

«Xarakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o‘rganish», nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. «Xarakat 
faoliyatini o‘rganish» (yoki jismoniy mashqni o‘qitish) atamasi xarakat faoliyati aniq bo‘lib uning nazariy bilimi xam 
berilganda qo‘llaniladi. Xarakat faoliyatini o‘qitishda xarakat malakasi shakllanadi, ko‘nikma vujudga keladi, bir 
vaqtning o‘zida muvofiq jismoniy xarakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, muskullar egiluvchanligi va 
bo‘inlar xarakatchan-ligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogik jarayonda eotibor aniq bir narsaga, taolimga – malakani 
shakllantirishga yoki xarakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. 
Xarakat faoliyatini o‘qitishning xususiyatlari. Xarakat faoliyatini o‘qitish jarayonida faqatgina bilim berish va 
tarbiyalash vazifalari qo‘shib xal qilinmay, solomlatirish xususiyatiga oid vazifalar xam xal qilinadi. Xech qaysi 
umum-taolim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo‘lmaydigan solom-lashtirish vazifasi xarakat faoliyatini 
o‘qitishda yorqin namayon bo‘ladi. 
Xarakat faoliyatini o‘qitishda bilim berish vazifalari xam o‘zini xususiyatlariga ega. O‘quv materiallarini 
egallash jarayonining yetakchi komponenti o‘quvchilarning aktiv xarakat faoliyatidir. Ularning o‘quv-mexnat faoliyati 
xammadan avval potensial jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O‘quvchining o‘quv faoliyatining ayrim 
qonuniyatlarini bilish, insonning ish qobiliyatining umumiy qonuniyatlarini xisobga olish kerakligini taqazo etadi. 
Individning ish qobiliyati bir necha faktorlarga boliq: avlodidan (ota-onasidan) meros qobiliyat-lar, xayotiy jarayonda 
to‘plangan tajribalar va maolum belgi-langan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu faktorlar qanchalar yaxshi 
rivojlangan bo‘lsa, inson shunchalar katta ishchanlik (qobiliyati)ni namoyon qila oladi. 
Odatdagi sharoitda inson o‘zining ish qobiliyatining bir qismidangina foydalana oladi xolos. Zaxirasidagi deb 
xisob-langan boshqa qismi faqat oshirib qo‘yilgan maksimal talab-larga javob berishda namayon bo‘lishi mumkin. 
Odatdagidan tashqari tashqi sharoit muxim rezerv ish qobiliyatining namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratibgina 


qolmay, odamning qobiliyatni maksimal mobilizatsiya qila bilishni tarbiyalaydi. Maksimal mobilizatsiya qobiliyatini 
rivojlantirish, o‘z navbatida, sharoitga boliq.
Xarakat faoliyatini o‘qitishning ikkinchi xususiyati xarakat malakalari tizimini shaklantirish xisoblanadi
Faqat xarakat faoliyati tizimigina o‘quvchi jismoniy tayyorgarligi-ning xarakterini belgilaydi. Maktab o‘quvchilari 
jismoniy tarbiya dasturidagi xarakat faoliyatlari tizimi xayotiy-amaliy-ligi pritsipiga amal qilingan xolda shunday 
tanlab ajratil-ganki, ularning ko‘pchiligini kundalik turmush amaliyotda qo‘llaganlar yoki ularni keyinroq qo‘llashlari 
mumkin. Tizim-ning amaliyotda qo‘llanilishi uchun undan bir-birini takror-laydigan yoki ikkinchi darajali bo‘lgan 
faoliyatlar chiqarib tashlangan. Bu jarayonni oboektivlashtirish uchun xozirgi kunda matematik xisoblash (statistika) 
uslubiyatidan foydalanil-moqda. Ular yordamida xarakat faoliyatlari tarkibidagi o‘zaro boliq bo‘lgan va bir biriga 
o‘xshash elementlar miqdorining xarakteri o‘rganilmoqda. O‘xshash elementlar miqdori o‘quvchilar yoshi va jinsiy 
xususiyatlarining chegarasini eotiborga Olin-moqda. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan 
solishtirilganda uni boshqa xarakat faoliyatlari bilan ko‘p marotaba bolanishlarga ega ekanligi va shuning uchun u 
bolaning rivojlanishi lokomatsiyasi (M.A. Godik, 1966) dara-jasining umumlashtirilgan ko‘rsatkichi sifatida qaralishi 
mumkin ekan. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa xarakatlar faoliyatlari tizimiga nisbatan 
qaram emas. Boshqacha qilib aytganda, bu faoliyatlarning taosiri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past 
bo‘lishi mumkin (K.D. Bakuneno, 1967). 
Uchinchi xususiyati – taolimni ikki yo‘nalishda amalga oshirishda xarakat sifatlarini kompleks rivojlantirish 
bilan aloqadorligi. 
a) xarakat malakasi xarakat sifatlarini rivojlanishi bilan boliqdir. Eng avvalo aynan o‘sha xarakat malakasiga 
oid xarakat sifatlari rivojlanadi. 
b) xarakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo‘lgan xarakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida 
boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
Masalan: qisqa masofaga yugurishni o‘qitishda tezlik ri-vojlanadi, lekin tezlik kuchni, chidamlilikni va 
boshqalarni optimal rivojlantirgandagina effektliroq rivojlanadi. 
Xarakat faoliyatlarini o‘qitishning samaradorligi jis-moniy bilim va jismoniy rivojlanganlik darajasi ko‘rsat-
kichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va xarakat faoliyatlarini egallanishini to‘ri tashkillangan pedagogik jarayon 
albatta jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarning oshishiga olib keladi. 
Bilim berish vazifalarining xal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan organik birlikdadir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin