Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Tayyorgarlik qismi (8-10 daqiqa)



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə106/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Tayyorgarlik qismi (8-10 daqiqa). Vazifasi – o‘quvchilarni uyushtirish, dars vazifasini tushuntirish, shug‘ullanuvchilar organizmini bo‘lajak jismoniy harakatga va mashqlarni bajarishga tayyorlash.
Mazmuni – saflanish elementlari, gimnastik qayta saflanishlar, qo‘llar, oyoqlar, gavda bilan qo‘shimcha harakatlar qilib yurish, yugurish, sakrash, umumrivojlantiruvchi va raqs mashqlari, o‘yinlar.
Asosiy qism (25-30 daqiqa). Vazifalari – darsning asosiy vazifalarini hal etish, ya’ni yangi materialni o‘rgatish, o‘tilgan materialni mustahkamlash maqsadida takrorlatish, o‘quvchilarning harakat, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga erishish, ularda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirish.
Asosiy qismdagi mashqlar tayyorgarlik qismidagi mashqlarning izchil davomi bo‘lishi lozim.
Yakunlovchi qism (3-5 daqiqa). Vazifalari – darsning asosiy qismidagi mashg‘ulotlarda yuzaga kelgan taranglik va qo‘zg‘alishdan sekin-asta nisbatan xotirjam holatga o‘tish, ijobiy jihatlar va kamchiliklarni ko‘rsatish, darsni yakunlash, uyga vazifa berish, uyushgan holda yangi faoliyatga o‘tish.
Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismini to‘g‘ri o‘tkazish tufayli o‘quvchilarning barcha a’zolarida bir oz qo‘zg‘alish yuzaga keladi, ularning tomir urishi, nafas olishi tezlashadi. endi o‘quvchilarni boshqa faoliyat turiga tayyorlash uchun ular organizmini vazmin holatga keltirish zarur.
Darsning vazifalarini aniqlash
Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari quyidagi vazifalarga ega:

Ta’lim (o‘rgatish) vazifalari o‘quvchilarni dasturda ko‘zda tutilgan mashqlarni bajarishga, o‘rganilgan mashqlarni takomillashtirishga, ularni turli sharoitda qo‘llashga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish dasturdagi butun o‘quv materialini tizimli va mustahkam o‘rganishga olib keladi. Ayrim ta’lim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt (ketma-ket bir qancha dars) zarur, ayrimlarini hal etish uchun esa bir darsning o‘zi kifoya qiladi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin