Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zoro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə27/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zoro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitish ikkinchi va uchinchi bosqichlarda amalga oshiriladi. Mazkur fan anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika, biomexanika, bioximiya, sport turlari nazariyasi va uslubiyati, maxsus fanlarni o‘qitish nazariyasi va uslubiyati, jamiyatshunoslik, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Fanning ilm-fan, sport hamda ishlab chiqarishdagi o’rni. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy ta’limining nazariy poydevori hisoblangan keng bilimlar majmuasini o‘z ichiga olgan asosiy umumiy ixtisoslik fanidir. Mazkur fan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda asosiy sanaladi. Bu fanning zaruriyati inson faoliyatining ta’lim, tarbiya, ishlab chiqarish, dam olish, sport singari ko‘pgina sohalariga tobora chuqurroq kirib borayotgan serqirra ijtimoiy hodisa – jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi xilma-xil ilmiy-amaliy bilimlarni yaxlit holda anglashga intilish bilan taqozo etiladi. Nazariya va uslubiyat inson kamolotining deyarli barcha tomonlarini ochib berar ekan, mutaxassisning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kasbiy o‘sishi uchun zarur barcha imkoniyatlarini yaratadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda tarbiyaviy va ta’limiy vazifalarni hal etish uchun mashg‘ulotlarni olib borishning quyidagi interfaol shakllaridan foydalaniladi, masalan: interfaol sayr (ekskursiya), keys texnologiyalardan foydalanish, videoanjumanlar, ish va rolli o‘yinlar, case-study (muayyan, amaliy vaziyatlar tahlili), guruhli o‘quvbahslar, treninglar o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda fanning pedagogik ta’minot vositalari – darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, egallangan bilimlar darajasini aniqlash uchun test topshiriqlari, ko‘rgazmali qurollar (jadvallar, chizmalar, tarqatma materiallar, illyustratsiyalar) dan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda ta’limning texnik vositalari, o‘quv va taqdimot uskunalari bilan ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari: video, DVD, multimedia proektorlar, slayd proektorlar, ekran, interfaol doska, flin-chartlar, marker doskalari, ular uchun markerlar to‘plami, flin-chartlar uchun bloknotlar, internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari mavjud.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin