Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə61/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:
9-Mavzu. Harakat faoliyatini shakllantirishning qonuniyatlari.
Reja:

  1. Harakatlarga o'rgatish jarayonining asoslari. Ko'nikma va malakani shakllantirish ta'lim jarayoni sifatida. Tushuncha va terminlar.

  2. Harakatni bajara olish. Harakat faoliyatini shakllantirish tizimi. Harakat malakasi dasturining shakllanishi, Harakat malakalarida dinamik stereotipning yuzaga kelish. Harakat malakasining shakllanishida ekstrapolyatsiyaning o'rni.

  3. Harakat malakalarining shakllanish fazalari. Malakaning ko’chishi. Malakaning ijobiy va salbiy ko'chishi. Harakatni oliy tartibda bajara olish.

1.Harakatlarga o'rgatish jarayonining asoslari. Ko'nikma va malakani shakllantirish ta'lim jarayoni sifatida. Tushuncha va terminlar.
Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy xususiyati – bu o‘rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganidir. O‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida bo‘lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o‘qituvchi yetakchi rol o‘ynaydi.
Harakatlarga o‘rgatish umumiy o‘qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya sohasida o‘z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
Harakatlarga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o‘rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo‘lagini bajarishga o‘rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug‘ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o‘zlashtirish va uni o‘quvchiga, shug‘ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
Odatdagi sharoitda inson o‘z ishqobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo‘yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo‘lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.
Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo‘nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Eng avvalo, aynan o‘sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo‘lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.
2.Harakatni bajara olish. Harakat faoliyatini shakllantirish tizimi. Harakat malakasi dasturining shakllanishi, Harakat malakalarida dinamik stereotipning yuzaga kelish. Harakat malakasining shakllanishida ekstrapolyatsiyaning o'rni.
Jismoniy tarbiyaga xos bo‘lgan ko‘p qirrali vazifalarning barchasi harakatni bajara olish va harakat malakasining shakllanishiga bog‘liqdir. Bu jarayonga xos qonuniyatlarni bilish harakat faoliyatlarini o‘qitishning barcha bosqichlaridagi mazmunning to‘g‘ri va ratsional bo‘lishini ta’minlaydi, harakat faoliyatlarini egallashdagi notekisliklarga barham beradi va ta’limda shaklni o‘zgartirib yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat yaratadi, darslar tizimini talab darajasiga yaqinlashtirish, tayyorlov va yo‘llanma beruvchi mashqlardan samarali foydalanib, malakani ijobiy va salbiy ko‘chirishni ta’minlaydi. Harakat faoliyatlarini o‘qitish jarayonida tananing u yoki bu qismida harakatni boshqarish xususiyati o‘zgaradi, natijada harakat faoliyatini egallash darajasi ortadi. B.A.Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan:


Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin