Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Yuklamaning turlari va xususiyatlari



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə53/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Yuklamaning turlari va xususiyatlari. Sport amaliyoti qo‘llanilayotgan yuklamalar o‘z xususiyati xarakteriga ko‘ra mashq va musobaqa, odatiy (ma’lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga bo‘linadi, o‘stiruvchi ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruhiy tanglik bo‘yicha ko‘p yoki kam ruhiy taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta’sir darajasi bo‘yicha kichik, o‘rta, sezilarli, katta yuklarga taqsimlanadi.
Mashq yuklamaning hajmi va shiddati
Hajm – yuklama ta’sirining davomiyligi va ayrim yoki ko‘pgina mashq, mashg‘ulot, davr, bosqich, davra kabilar vaqtida bajarilgan ishlarning umumiy miqdori.
Shiddati – mashqning har bir holatiga (tezlik, takrorlash miqdori va h.k.) yuk ta’sirining kuchlanishi va kuchining kattaligi.
2.Jismoniy tarbiya jarayonida yuklama samarasining miqdor va sifat jihatdan dam olish shart sharoitlarga bog’liqligi. Faol va sust dam olish.
Mashq jarayonidagi dam olish quyidagi ikki asosiy vazifani bajaradi:
1-mashq yuklaridan keyin ish qobiliyatini ta’minlashga yordam beradi.
2-yuklama samarasini yaxshilash (eng ma’qul varianti) vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirib yoki ko‘paytirib yuk umumiy (kumulyativ) samarasini ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin.
Dam olishning tiklanish fazasi oralig‘I mashg‘ulotlar orasidagi dam olish har doim ertaroq tugashi lozim, ya’ni super kompensatsiya fazasidan keyin boshlanadigan qayta (reduksiya) fazasi boshlanmay turib.
Tiklanish jarayonlarining davomiyligi ko‘pincha mashg‘ulotlar yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi.
Sportchi tezlik yo‘nalishidagi, shuningdek muqobillashtiruvchi qobiliyat, tezlik-kuchsifati, texnik, mahoratni oshiruvchi mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanadi.
3.Charchash va qayta tiklanish jarayoni. Topshiriqlarni murakkablashtirish shartlari va yuklamani oshirish shakllari.
Charchash jarayoni – bu jismoniy ish bajarish chog‘ida turli a’zolar, qismlar va umuman tanada ro‘y berayotgan va oxir-oqibatda bu ishni davom ettirishga imkoni bermaydigan o‘zgarishlar mavjud.
Charchash holati – charchashni shaxsan sezganda ro‘y beradigan ish qobiliyatini susayishi bilan belgilanadi.
Charchash holatida sportchi ishning jadalligi yoki sifatini (bajarish texnikasi talab darajasida tura olmaydi yoki uni to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
Charchaganlik oqibatida ish qobiliyatini susayishning asosiy sabablari quyidagilar:
-energiya bilan ta’minlovchi manbalarning xolsizlanishi (ATF, KrF, glikogen),
-ulardan foydalanish qobiliyatini pasayishi
-almashinuv moddalarini (laktat) to‘planishi,
-tanada suv miqdorini kamayishi.
Tiklash rejimiga sarflangan energiyani va tananing gidroelektrolit muvozanatini tiklashga qaratilishi lozim.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin