Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga tavsif. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə57/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

1.Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga tavsif. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili.
Ma’naviy va jismoniy kuchlari har tomonlama kamol topgan kishilargina o‘z Vataniga sodiq bo‘ladi va uning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Har taraflama barkamol kishilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ular muayyan ijtimoiy hayot sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo‘lib yetishishi mumkinki, bu sharoitlar orasida tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya alohida rol o‘ynaydi.
Har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishga biologik qonuniyatlar ham, inson organizmining tizimlari va organlarining uyg‘un kamol topishiga bo‘lgan ehtiyoj ham ta’sir etadiki, odam ijtimoiy jihatdan ham, o‘zining biologik xususiyatlari jihatidan ham hamisha va har yerda yagona ijtimoiy shaxsdir.
Tarbiyaning turli tomonlari yagonaligiga qat’iy rioya qilish. Jismoniy tarbiya tufayli erishiladigan natijalar odamning mehnatga va Vatan himoyasiga g‘oyaviysiyosiy tayyorgarligini ifoda etmaydi. Har bir fuqaroning yuksak darajada rivoj topgan jismoniy sifatlari va ko‘nikmalari, uning sportda erishgan rekordlari, agar ularning shakllanish jarayoni sportchining aqliy, ma’naviy, estetik va g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasi bilan birga borgan bo‘lsa, shu taqdirdagina ijtimoiy ahamiyat, chuqur mazmun kasb etadi.
Keng umumiy jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash. Har qanday ijtimoiy foydali faoliyat konkret va ma’lum ma’noda ixtisoslashtirilgan xarakterga ega. Bu dastavval ishlab chiqarish mehnatiga va harbiy faoliyatga taalluqli. Shu narsa ravshanki, u yoki bu ishda ixtisoslashtirishning muvaffaqiyati oldindan umumiy ta’limga va jismoniy tayyorgarlikka bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Sport mashqlari jarayoni sport shuhratparastligiga qaratilgan bo‘lib, ko‘r-ko‘rona rekordga ishqibozlikdangina iborat bo‘lib qolsa va har taraflama kamolot tamoyili shuhratparastlik uchun qurbon qilinsa, sportchining mehnat faoliyati to‘g‘risida, uning aqliy va ma’naviy tarbiyasi to‘g‘risida unutib qo‘yilsa, bu yerda, odatda, rahbarlarning xohishiga qaramay, qo‘pol, o‘jar, mehnat hayotiga moslashmagan, sportda chalabilag‘onlar – chinakam sport madaniyatidan yiroq, jamiyatga manzur tushmaydigan kishilar tayyorlanadi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin