Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Analitik yondoshish uslubiyati. Sensomotor uslubiyati



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə74/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

2.Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Analitik yondoshish uslubiyati. Sensomotor uslubiyati.
Yugurish tezligi harakatni ko‘rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog‘liq xolos. Tezlikning namoyon bo‘lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog‘i uzunligiga, o‘z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining erga tiranish kuchiga bog‘liqdir. SHuning uchun harakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo‘lishiga qarab o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz g‘oyatda mushkul.
Siklik harakatlar harakat chastotasini ifodalaydi. Qo‘l-larni maksimal harakati chastotasi oyoqlarnikidan yuqori, oyoq qo‘l bo‘g‘inlarining harakati chastotasi tananing boshqa a’zolari va boshqa bo‘laklaridan yuqori darajada bo‘lishi mumkin.
Tezkorlikni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo‘lgan, bo‘ladigan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila olish.
Analitik yondoshish metodi, ya’ni engillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Geller-shteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliya-tini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
3.Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatdagi ob'ektga bo'ladigan reaksiya va tanlash reaksiyasi.Tezkorlikni tarbiyalashning vosita va uslublari.


Harakat reaksiyasining tezligi. Individning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi.
Harakat reaksiyasi ikki turga ajratiladi: sodda (oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan harakatlar orqali beriladigan javob.
Murakkabreaksiya - tanlay olish reaksiyasidir. Oldindan belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha harakatdan kelishib olinganini bajarish tushuniladi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin