Jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali sog’lom turmush tarizini shakilantirish



Yüklə 7 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü7 Kb.
#139479
MUSTAQIL ISH JISMONIY (1)

Jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali sog’lom turmush tarizini shakilantirish

Biotexnologiya 101 A GURUHI

Qambarov Ogʻabek

YENGIL YUGURISH-SALOMATLIK GAROVIDIR

  • Yugurish - jismoniy holatni saqlash uchun ajoyib imkoniyat. Ertalabki yugurish butun kun davomida kuch va energiya berishga imkon beradi. Yugurish salomatlik uchun juda foydali, u mushak va asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, qon aylanishini faollashtiradi, yurakni mashq qildiradi va asabiy taranglikni yengillashtiradi. Shuningdek, yugurish – yangi sportchilar uchun yurak faoliyatini meyorlashtiruvchi ajoyib mashqdir.

Sog‘lom bo‘lishni xohlaysizmi – unda pedalni aylantiring!

  • Purdue universiteti (AQSh) olimlari muntazam velosiped haydash yurak xastaliklari xavfini 50 foizga kamaytirishini isbotladi. Britaniya yurak jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, agar odamlar sog‘lom bo‘lsa, har yili 10 000 ga yaqin yurak xurujining oldini olish mumkin. Haftada bir necha o‘nlab kilometr velosiped haydash yurak xastaligi xavfini ikki baravarga kamaytiradi.

ERTALABKI BADANTARBIYA

  • Kuningizni sermazmun boshlanishi uchun, ertalabki badantarbiyadan boshlang. Buning uchun uzoq masofaga yugurish va og‘ir mashg‘ulotlar bajarish shart emas. Tungi dam olishni kunduzgi faol ritmga moslashtirishda badantarbiya bilan shug‘illanish maqsadga muvofiqdir.
  • Muntazam ravshda shunday tartibda bo‘lsangiz, sizni faollik va ko‘tarinki kayfiyat qamrab oladi.

KECHKI MASHQ

  • Kechki yurish - uzoq umr ko‘rishning yana bir yo‘li. Ushbu passiv sport turi, ayniqsa, keksa yoshdagi insonlar uchun mos keladi. To‘yimli kechki ovqatdan so‘ng ota-onamizning qo‘llaridan ushlagan holda birga sayrga chiqamiz.
  • Jismoniy mashqlar tomirlardagi tromblar va suyaklarning zaiflashuvi kabi kamchiliklarni oldini olish uchun juda foydali. Masalan, kun davomida mashqlar “o‘tirib ishlovchi” kasb egalariga yoki ish sharoitlari va sog‘lig‘i tufayli uzoq vaqt davomida bir holatda bo‘lishi kerak bo‘lganlar uchun juda ko‘p tavsiya etiladi.
  • Kechki yurish esa yosh bolalar va ularning ota-onalari uchun tinch uyqu uchun foydalidir.

SPORT BILAN SHUG’ILLANISH

  • Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

SOG’LOM OVQATLANISH

  • Sog‘lom oziq-ovqat bizning uzoq umr ko‘rishimiz kalitidir. Oziq-ovqatlarni sifatli va o‘z vaqtida iste’mol qilish salomatligimizni mustahkamlaydi va yaxshilaydi, bizga jismoniy va ma’naviy quvvat bag‘ishlaydi, turli kasalliklarni oldini oladi.
  • Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rish siri aynan sog‘lom va to‘yimli ovqatlanishda, oziq-ovqatni to‘g‘ri iste’mol qilishdadir. Ayni paytda biz barcha hayotiy energiyani, tananing rivojlanishi uchun, faol hayot kechirish, immunitetni saqlash va mustahkamlash uchun biologik muhim oziq moddalardan olamiz.
  • Sog‘lom ovqatlanish nafaqat cheksiz dietalar va vaznni nazorat qilish, balki sog‘lig‘imiz uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar - oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, suv, minerallar, vitaminlarni o‘z ichiga olishi kerak bo‘lgan to‘liq ovqatlanishdir.

SOG’LOM UYQU

  • Uyqu – bizning salomatligimiz uchun juda muhimdir. Inson hayotining davomiyligi uyquning davomiyligiga bog‘liq. Olimlarning ta’kidlashicha, insonning sog‘lom uyqusi kamida 8 soat davom etishi kerak.
  • Surunkali uyqusizlik tanamizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga yordam beradi: 

BOLALIKDAN SOG’LOM TURMUSH TARIZI

  • Barcha sog‘lom bolalar jismonan faol bo‘ladilar. Ularni bunday bo‘lishiga sport to‘garaklari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oilada to‘g‘ri ovqatlanishga hamda jismoniy tarbiyaga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
  • Bu yerda jismoniy tarbiya va sportni ajratish muhimdir. Jismoniy tarbiya salomatlikni mustahkamlash uchun, sport esa yangi natijalar va g‘alabalarni qo‘lga kiritishdan iborat. Ammo jismoniy tarbiya, sport bilan bir qatorda, har bir bolaning hayotida bo‘lishi kerak.

SOG’LOM TURMUSH TARZI

  • Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi keng ko‘lamli ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy jarayon sifatida, har bir inson yoki oilaning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, mehnat jamoasi hamda mahalla muhitida faol ishtirok etish, ko‘pchilikka ibrat, namuna bo‘lish ma’nosini bildiradi. Unda mustahkam oilada tinch-totuv yashash, mehnat jarayonida yuksak samaralar keltirish, madaniy, ommaviy va sport tadbirlarida doimiy ishtirok etish kabi jihatlar mujassamlashadi.

Yüklə 7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin