O’rganilayotgan mavzudan ko’zlangan maqsad va vazifalar: Asosiy maqsad esa Arab xalifaligining vujudga kelishi, uning istilochilik yurishlari, islom dinining tarixiy taraqqiyoti, xalifalik davrida yaratilgan ilm-fan sohasidagi ulkan o’zgarishlarni ilmiy tahlil qilishga bag’ishlangan. O’rta Osiyo halqlari tarixini har tomonlama o’rganishda arab mustamlakachiligi davrini tadqiq etish ham katta ahamiyatga ega.
Mavzuning o`rganilish darasjasi:Tarixshunoslikda arablarning Turonni istilo etishi mavzusi birqadar yoritilgan. Umumiy, yoinki, yo’l-yo’lakay tarzda bo’lgan talqinlar endilikda Vatan tarixiga qiziquvchilarni qanoatlantira olmaydi. Mustaqillik arofati o’laroq, kechmish haqidagi asliga monand haqiqatni aytish imkoniyati tug’ildi. Mavjud manbalarni qiyosan o’rganish, xolis va xalol, haqqoniy xulosalar chiqarish umumbashariy ilmiy andozalar talabiga javob beradi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz tarixining VII-IX asrlari haqida hozirgacha mavjud sahifalarda oydinlashtirilishi, to’ldirilishi, teranlashtirilishi va aniqlashtirilishi lozim bo’lgan o’rinlar juda ko’p. Unda arab va o’z mualliflarimiz IX-X asrlarda yarattan manbalar, xorijiy va sobiq Sho’ro muarrixlarining ushbu mavzuga doir asarlari talqini, tahlili orqali istilo manzarasini nisbatan to’laroq tiklash yo’lidan boriladi6.
Haddan ziyod cho’zilgan, uch asrga suron solgan arablar istilosi va uning oqibatlari ishning mohiyatini tashqil etadi.
Mavzuning ob’yekti va predmeti:Tadqiqotning ob’yektini asosan Movaraunnahrda arablar bosqini davrida kechgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarni tadqiq etish tashqil etadi. Predmetini esa, o’rganilgan yodgorliklardagi manbalarni tahlil qilish orqali mintaqada islom dinining yoyilishi, ularning paydo bo’lish ildizlari, davriylashtirilishi, xalifalik davridagi moddiy ishlab chiqarish tizimi, jamiyatning ijtimoiy strukturasi, diniy udum va an’analari, madaniy hayotining barcha shakllarini tahlil qilish kabilar tashqil qiladi.
Mavzuni yoritishning metodlari:Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqib holda yondoshiladi. Yozma manbalarni o’zaro qiyoslash asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uyg’unligi tamoyillariga amal qilinadi va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor beriladi.