Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Yüklə 271,5 Kb.
səhifə4/25
tarix02.02.2022
ölçüsü271,5 Kb.
#114084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Mavzuning dolzarbligi: Somoniylar davlati arab xalifaligi istibdodidan so’ng mustaqillikni qo’lga kiritgan Movarounnahr tarixi hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida mustaqil Somoniylar davlatining tashkil topishi, davlatning ichki va tashqi siyosati manbalar asosida tahlil qilingan. Asosiy yozma manba sifatida Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi”dan foydalanildi. Bundan tashqari Respublikamizning qator tarixchi professor olimlarining Somoniylar davri tarixiga oid monografiya va ilmiy asarlaridan foydalanildi.

Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, markazlashgan mustahkam davlatni tuzishga intiladi. U o’z vatanida barqaror tinchlikni ta’minlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik hususiyatlarini ishga soladi. Avvalo katta qo’shin to’plab, ko’chmanchilar dashtiga askar tortadi. 893 yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatkich zarba beradi. Bu somoniylar davrida ko’chmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish bo’ldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo’lgan uzluksiz bosqinlari barham topib, o’troq aholi endilikda vohalar atrofi bo’ylab yuzlab kilometrga cho’zilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil ta’mirlab turishdek og’ir va mashaqqatli mehnatdan, tashvidan forig’ bo’ladi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining girdini o’rab turgan qadimiy mudofaa inshooti «Kampirak» devorining har yilgi odatiy hashari ham to’xtatilib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha, Amir Ismoil o’zining kuchli qo’shinlarini nazarda tutib, «Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo’laman», deb aytgan ekan2.

Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil o’ndirilib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo’lgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho’chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va bu yosh ikki davlatning har ikkisini zaiflashtirib, boy viloyatlarda ma’lum darajada o’z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900 yilda ular o’rtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday o’lkan davlatini tan olishga, unga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Mo­varounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o’z qo’li ostida kuchli bir davlat qilib birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham beradi va uni o’z davlatiga qo’shib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo’lgan zamonasining eng yirik mustaqil o’rta asrlar davlati tashkil topadi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bulgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.

Hozirgi kunda yangilanish, poklanish va ma’naviy yuksalish jarayoni talablari O’rta va Yaqin Sharq xalqlarining ilg’or madaniy, ijtimoiy-falsafiy merosi, undagi umuminsoniy, axloqiy qadriyatlari, xurfikrlilik va ayniqsa diniy-oriflik an’analarini yanada chuqurroq va har tomonlama o’rganishni kun tartibiga qo’ymoqda. Sharq xalqlarining o’rta asrlardagi ilg’or ma’naviy, axloqiy-madaniy va ilmiy merosidagi insonparvarlik, muhabbat, do’stlik, mehnatni sevish, odamiylik kabi ma’naviy qadriyatlarini targ’ib qilish ham ijobiy ahamiyatga ega. Butun jonzotlarga muqaddas ma’no beruvchi mehr-muhabbat iymon va insof tushunchalari islom dinida ayniqsa ko’p targ’ib qilinadi. Islom dinining kirib kelishi uning asl g’oyalari an’analari mazmun mohiyatini chuqur anglash, jamiyat a’zolarini ma’naviy tarbiyalash, ularni komil insonlar bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega.

Respublikamiz mustaqil rivojlanishga ilk qadam qo’ygan kunlardanoq, “O’zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlash”1ni o’zining kuchli demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi pirovard maqsadi qilib belgiladi. Ushbu maqsad Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, rivojlangan davlatlardan nusxa ko’chirilmagan, ammo ulardagi yuksak hayot darajasi va sifatiga erishgan holda millatimiz madaniyati, an’analari va ijtimoiy-tarixiy tajribalariga tayanib “farovon turmush ta’minlanadigan demokratik rivojlanish yo’lini izchil davom ettirish”2 dan iborat bo’lib qolmoqda.

Tariximizning eng istibdodli vaqtlaridan biri arab bosqinchiligi davri hisoblanadi. Istiqlol yillarida O’zbek xalqining asl tarixi yoritilib xalqimiz bundan xabardor bo’la boshladi. Uzoq vaqtlar kamsitilgan milliy qadriyatlari, diniy udumlari qayta tiklandi.

Istiqlolning dastlabki paytlarida, jamiyatimiz a’zolarida, ma’naviy bo’shliqning o’rni hali to’lmagan edi. Bundan mustaqil taraqqiyotimizni, xalqimiz osoyishtaligini ko’ra olmagan, o’zini “xaqiqiy islom himoyachilari” deb atagan ekstrimistlar foydalanib qolishga harakat qila boshladilar. Ular o’zlarining asl niyatlarini amalga oshirish uchun avvalo yoshlar ongini zaharlab, ularni o’z ortidan ergashtira boshladilar. Bunday harakatlarga qarshi turishda hukumatimizning oqilona siyosati, ma’naviy sohadagi islohatlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi3. Prezidentimizning,”G’oyaga qarshi G’oya, fikrga qarshi fikr,jaholatga qarshi ma’rifat”,- degan so’zlari asosida mustaqilligimizni ko’ra olmagan kuchlarga qarshi urash olib borildi. Xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda Prezidentimiz,”Xo’sh tarixning ma’naviyatimizda tutgan o’rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta mumkin emas! Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak,”- deb ta’kidlagan edi 4.

Zamon shiddat bilan taraqqiy etib globallashib bormoqda. Bugun jamiyatimizni, Axborot texnologiyalari va kompyuter-internet tizimisiz tasavvur etish qiyin. Istagan paytda dunyoning turli burchagi bilan muloqotga kirishish mumkin. Bu ijobiy hol albatta. Biroq, yuqorida ta’kidlangan texnika vositalari orqali kirib kelayotgan axborotlar va kuchayib borayotgan O’zaro aloqalar tufayli g’arb olamidan to’siq bilmay kirib kelayotgan, mentalitetimizga zid, ayrim yangicha rasm-rusumlarning yoshlarimiz ma’naviy qiyofasiga ko’rsatadigan salbiy tasirlari dolzarb masalalardandir. Shunday bir davrda, milatimiz kelajagi egalarining o’zligini saqlab, milliy qadriyatlarimizga sodiq, xalqimizning ming yillik an’analarini asrab keyingi avlodlarga yetkazadigan asl farzandlar bo’lib yetishishida tarixning to’tgan o’rni beqiyos.

Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning to’tgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi5».


Yüklə 271,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin