Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/58
tarix05.07.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#128468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Jizzax davlat pedagogika instituti (1)



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI 
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI 
KAFEDRASI 
 
“TASDIQLAYMAN” 
O`quv ishlari prorektori 
_________ B.Q.To’xtamishev 
________ 2020 y. 
 
 
 
 
 
 
“MAKTABGACHA PEDAGOGIKA” 
 
FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT UCHUN 
 
 USLUBIY KO’RSATMA 
(kunduzgi va kechki ta’lim uchun) 
Jizzax – 2020 
 


Ushbu uslubiy ko’rsatma maktabgacha ta’lim yo’nalishi kunduzgi va kechki 
ta’lim talabalariga mo’ljallangan bo’lib, Maktabgacha pedagogika fanidan amaliy 
mashg’ulotlarni bajarish texnalogiyalari haqida ko’rsatmalar berilgan. 
Tuzuvchilar:
M.A.Norqo’ziyeva
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
o’qituvchisi.
 
Taqrizchi:
X.A.Meliye - Maktabgacha ta’lim metodikasi
mudiri.prof.
 
Ushbu uslubiy ko’rsatma “ Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedra 
kengashi yig`ilishida ko‘rib chiqilgan.2020 y “___” 08 dagi № 1 –sonli bayonnoma 
bilan tasdiqlangan. 
Kafedra mudiri: ___________ prof X.A.Meliyev 
(imzo)
 
 
Maktabgacha ta’lim fakul’tetining Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan 
foydalanish uchun tavsiya etilgan. “____”_____ 2020 y. Bayonnoma № 1 
Maktabgacha ta’lim fakul’teti dekani: ___________ k.f.d. Z.Z.Yaxshiyeva 
(imzo)


Kirish 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga 
oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol 
avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. 
Fanni o’qitishdan maqsad – Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama 
rivojlantirish tamoyillari, unga qo’yilgan talablar, bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
va ularni rivojlantirish muammolari, ularda o’z fikrini erkin bayon eta olish , 
to’g’ri ovqatlanish, o’z-o’zini anglash va muhofaza qilish, yoshga doir zaruriy 
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, barkamol avlod tarbiyasini to’g’ri 
shakllantirish yo’llari va samarali usullarini mohirona qo’llash, bolalarda 
tengdoshlari bilan aloqa o’rnata olish, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy va 
ijtimoiy bilimlarni egallashiga pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan muhitni 
yaratib bera olish masalalari haqida talabalarga har tomonlama bilimlar berish. 
Fanning asosiy vazifalari - maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan 
o’rni, maktabgacha ta’lim bo’yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, 
maktabgacha pedagogikaning pedagogika nazariyasi va tarixi fani bilan 
uzviyligi, maktabgacha pedagogikaning rivojlanish tamoyillari to’g’risida, 
maktabgacha pedagogika tarixi, O’zbekiston Respublikasida maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari tizimini bilishi kerak;
- maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash, 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik 
tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o’z kasbiy faoliyatini rejalashtirish 
bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak; 
- maktabgacha ta’limning asosiy tamoyillari, maktabgacha ta’lim 
pedagogikasiga qo’yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta’limning 
mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy 
tarbiya berish, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik 
tarbiyalash, maktabgacha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalariga ega 
bo’lishi kerak. 



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin