Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə17/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
2-kurs

Shartsiz reflekslar. Shartsiz reflekslar markaziy asab tizimining quyi bo‘laklari: orqa miya, miya tarmoqlari orqali bajariladi, tug‘ma bo‘lib, doimiyligi bilan ajralib turadi. Masalan, yangi tug‘ilgan shartsiz reflekslarni meros qilib olgan bola, shubxasizki xar turli qo‘zg‘atuvchilarga o‘z munosabatini bildiradi: keskin ovoz kelganda qo‘zg‘atuvchi cho‘chib tushadi javob reaksiya – shartsiz refleks, yorug‘ chiroqda ko‘zini qisadi, kipriklariga tegilganda ko‘zini yumadi, labalarga tekkanda emishga urinadi. YAngi tug‘ilgan bolada shartsiz taxminiy refleqs mavjud, misol, bolaning ko‘z oldida qandaydir notanish buyum paydo bo‘lishi bilan, bola darxol xarakatdan to‘xtaydi, u buyumga tikilib qoladi. Bunday reaksiyani I.P. Pavlov “ bu nima” deb atagan. Ushbu reaksiyadan to‘g‘ri foydalanish oqibatida bolada kelajakda qiziquvchanlikni tarbiyalash mumkin. YOsh bolalarda ta’sirlantirishga reaksiya katta odamlar reaksiyasidan butunlay farq qiladi. Masalan, katta odamning oyoq osti qitiqlansa, oyog‘ini tortib oladi, differinsial reaksiya yosh bola oyog‘ini tortib olishdan tashqari, bir paytda butun vujudi tashvishli xarakatga keladi, yig‘laydi- bu reaksiyaga nodifferinsial reaksiya deyiladi. Bexabar ota-onalarda bolaning qanday reaksiyasi “ asabiy bola” degan asossiz xavotir paydo qiladi.

SHuningdek ovqatlanish, emish, o‘zini ximoya qilish va boshqa reflekslar shartsiz hisoblanadi.




Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin