Kafedra mudiri D. Karimov
M U N D A R I J A :
Fanlar bo’yicha o’quv –metodik kompleks tuzilmasi
|
I-qism. O’QUV MATERIALLAR
|
|
1.1.1
|
Ma’ruzalar matni.
|
|
1.1.2.
|
Amaliy, seminar mashg’ulotlari ishlanmalari
|
|
II- qism. MUSTAQIL TA’LIM
|
|
1.
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari bo’yicha zarur uslubiy ko’rsatmalar
|
|
2.
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
|
III- qism. GLOSSARIY
|
|
IV- qism. ILOVALAR
|
|
1.
|
Ishchi o’quv rejasi
|
|
2,
|
Fan dasturi
|
|
3.
|
Ishchi o’quv dasturi.
|
|
4
|
Kalendar –tematik reja.
|
|
5.
|
Testlar
|
|
6
|
Adabiyotlar ro’yxati
|
|
1-MAVZU. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASINING UMUMIY TARBIYA TIZIMIDAGI O`RNI.
Darsning maqsadi: Talabalarga bolalar jismoniy tarbiyasi fanining
predmeti va asosiy tushunchalari haqidagi bilimlarni
hosil qilish.
Tayanch soz va iboralar: Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayorgarlik, jismoniy kamolat, jismoniy tarbiya, jismoniy ta'lim, jismoniy tayorgarlik, j ismoniy mashqlar, jismoniy madaniyat, harakat faoliyati, fizkutura harakati , sport.
Reja.
1.Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti .
2. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari.
3.Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining asosiy tushunchalari
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu — bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o'rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo'lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi rivojlantirishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o'rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi liar bir yosh bosqi-chini o'rganib, ilmiy ma'lumotlar va amaliy tajribani umum-lashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakl-larini kompleks ravishda ochib beradi.
Sog'lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o'z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o'qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini
shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni bar tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatinibelgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o'z icliiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga kcluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko'rgazmali harakat, ko'rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o'ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog'liq ravishda bola psixikasida muhim o'zgarishlar kechadi va "Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o'tishi"ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirish-ning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o'rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta'lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko'nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba'zi elementar bilimlarni) ko'zda tutadi.
Ularni o'zlashtirish bolalarni maktabda o'qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta'minlash imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg'ulotlar, harakatli o'yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e'tibori fikrlaydigan, o'z yosh imkoniyat-lariga ko'ra ongli harakat qiladigan, harakat ko'nikmalarini mu-vaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo'ljal ola biladi-gan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi.
Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to'xtovsiz rivojlan-moqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tad-qiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bor-moqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o'tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o'quv qo'llanmalari, dars-liklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta'lim-tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini tako-millashtirishga yordam beradi
.
Jismoniy tarbiya nazariyasi insonning jismoniy holatining boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi quyidagi asosiy tushunchalar mavjud.
Jismoniy rivojlanish.
Jismoniy tayorgarlik
Jismoniy kamolat
Jismoniy tarbiya
5. Jismoniy ta'lim
Jismoniy tayorgarlik
Jismoniy mashqlar
Jismoniy madaniyat
Harakat faoliyati
10.Fizkutura harakati
11.Sport
1. Jismoniy rivojlanish - Organizm va funksiyalarning o'zgarish jarayonidir. Bunda antropolitik va biolitrik ko'rsatkichlarni anglatadi. Во'у gavda og'rligi ko'krak qafasi aylanasi, o'pkalarning tiriklik sig'imi umurtqa pog'onasi, qaddi qomati turgan holati, ularning orasida masifa, tovon gumbozi, o'lchovining ko'rsatkichi chap va o'ng muskullari kuchi tik tura olishi va hakozalar kiradi. Jismoniy rivojlanishning termini tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko'z bilan chamalash, kuch chidamliligi.
2.Jismoniy tayorgarlik-profisional yo'nalishdir. U konkret kasb hususiyatiga ko'ra o'tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari vositalari o'tkazish metodikasining spesifikasi bilan harakterlanadi.
3. Jismoniy kamolat- sog'liqning hayotga mehnatga, Vatan himiyasiga har tomonlama jismoniy tayorgarlikning eng yuqori bosqichidir. Jismoniy kamolat tushunchasi о'sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish
shuningdek o'zgarib turadi. Har bir tarihiy o'zining Jismoniy kamolat darajasi bilan harakterlanadi. Jamiyat barcha a'zolari Jismoniy kamolatning eng yuqori darajasiga qullikva ekspluatasiyadan ozod qilingan mashg'ulotdagina erishish mumkin.
4. Jismoniy tarbiya-tarkibiy qismi jismoniy kamolatga erishishda yo'nal-tirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy ,ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amakga oshiriladi.
5.Jismoniy ta'lim- Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar harakat ko'nikma va malakalarini egallashdan iborat.
6. Jismoniy tayorgarlik- harakat ko'nikmalari malakalari jismoniy sifat-larning mehnatga va uning mudofasiga tayor sport klassifika-siyasi talablari va normalari bilan belgilanadigan rivojlanish darajasidir.
7. Jismoniy mashqlar- harakat faoliyatlari shuningdek ularning turlari bo'lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish sifatida tanlab olingan.
Mashq harakat faoliyatini bir nicha bor takrorlash jarayonini ifodalash uchun ham qo'llaniladi.
8. Jismoniy madaniyat-jamiyatning ijtimoiy tarixiy amaliy jarayonida to'plangan inson jismoniy kamoloti sohasida moddiy va ma'naviy boyliklari majmuasidir.
Moddiy boyliklarga: sport inshoatlari, fiz'kultura jihozlari inventar' maxsus kiyimlari jismoniy kamolat darajasi kabilar kiradi
Ma'naviy boyliklarga: Jismoniy tarbiya haqidagi fan va san'at asarlari (adabiyot,haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika kabilar kiradi.
9. Harakat faoliyati-harakterli kamponent va kishi harakat apparatining aktivligi hisoblanadigan barcha faoliyatga aytiladi.
10. Fizkul'tura harakati-ijtimoiy harakatning o'z oldiga aholi jismoniy tarbiya rejasi oshirish va sport rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo'ygan. Maxsus tun davlat jamoat tashkilotlari, xalq ommasining fizkul'tura va sportni rivojlantirish sohasidagi yo'naltirilgan faoliyatni ko'zda tutadi.
11.Sport- bu musobaqa jarayonida namoyon bo'ladigan u yoki bu jismoniy mashq turiga eng yuqori natijaga erishishga yo'naltirilgan maxsus faoliyatdir. Jismoniy nazariyasining hususiyatlari: g'oyaviylash, halqchiligi, ilmiyligi. G'oyaviyligi- Jismoniy tarbiya nazariyasining tarixini o'rganish shart. Prezidentimizning asosiy ko'zda titgan g'oyalari sog'lom etuk , barkamol, ishbilarmon mutaxasis, kadrlarni
tayorlab, mustaqil O'zbekistonimizni rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko'tarishga hizmat qilishdan iborat.
Xalqchiligi-prezidentlmiz yosh avljdni sog'ligi salomatligi haqida qayg'uradi. Ularni jismoniy rivojlanishi, jismoniy kamolati yo'lida barcha shart-sharoitlarini yaxshilab, stadionlar, basseynlar, tennis maydonchalari, gimnastika zallari qurilishiga kerak bo'lganlarni aytib kiyim-kechak, zamon talablari asosida ta'minlash. Хalq manfaati, halq farovonligini yaxshilash, mexnat unumdorligini oshirish to'g'risida juda ko'p ishlarni ya'ni tadbirlarni ishga solmoqdalar. Ilmiyligi - Jismoniy tarbiya nazariyasining juda ko'p ilmiy asarlar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar . Tinimsiz ilmiy izlanishlar orqali yangi dastur ishlab chiqarilmoqda, yangi o'quv qo'llanmalar, darsliklar zamonaviy jixozlarga talablar olib bormoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |