SHartli reflekslarning xosil bo‘lishi.
Doimiy shartsiz reflekslar asosida shaxsiy tajribalar natijasida shartli reflekslar xosil bo‘ladi. SHartli reflekslar markaziy asab tizimlarining oliy qismi – bosh miyaning katta yarim shari orqali amalga oshadi. Ular vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, aniq bir xolatlarda xosil bo‘ladi va yo‘qoladi. SHartli refleks qandaydir bir indifferent axamiyatsiz qo‘zg‘atuvchi bilan va shartsiz refleksni chaqiruvchi shartsiz qo‘zg‘atuvchi vaqti bilan to‘g‘ri kelganda xosil bo‘ladi. Bunda indifferent qo‘zg‘atuvchi shartsizdan bir muncha oldinroq o‘tmoqi lozim. Bu xolatda bosh miya qobig‘ining avval ajralib qolgan bo‘laklari orasida yangitdan vaqtinchalik aloqa paydo bo‘ladi. Avval indifferent bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi shartli bo‘lib qoladi a avvalri fakat shartsiz qo‘zg‘atuvchiga javoban xosil bo‘luvchi reaksiyalarni chaqira boshlaydi.
Go‘daklarda shartli reflekslar xosil bo‘lishini birinchi bo‘lib V.M. Bexterev va N.M. SHelovakovlar aniqlaganlar.
Ozuka shartli refleksi go‘dak xayotining 10-20 kunlarida ozuqa shartli refleksi paydo bo‘ladi: bolani qo‘lga olib uni odatdagidek ko‘krakga olib borganlarida darxol boshini xar tamonga burib, og‘zini ochib, emish xarakatiga tushadi, u bu xarakatlarni kim qo‘liga olganidan qatiy nazar qilgan. Bu shartli refleks murakkabdir, chunki u bolada bir muddat vaqt o‘tishi bilan, teri va og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq parda xamda quloq ichi yarim doira kanallari kitiklanishi natijasida paydo bo‘lgandir. Uchinchi oyning oxiri to‘rtinchisining boshlarida ko‘krakka olib borilganidagi refleks asta-sekin so‘nadi, yo‘qoladi. Uning o‘rniga oziqa shartli refleksi xosil bo‘ladi endi bolada emish xarakatlari fakat ona ko‘kragini ko‘rganda paydo bo‘ladi.
Go‘dak xayotining5-7 kunlaridayoq vaqtga nisbatan ozika refleksi paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, agar bolani bir xil vakt oralig‘da emizilsa aytaylik xar uch soatda ovkatlantirish vaqti bo‘lishi bilan u betoqatlik ko‘rsatib, chinqira boshlaydi, demak u qorni ochganini alomati.
Agar bolaga aniq bir xolat bermay butilkada emizilsa yoki ovkatlantirish oralig‘idagi vaqtga etibor berilmasa sanab o‘tilgan shartli reflekslar xosil bo‘lmasligi xam mumkin. Bu reflekslarning xosil bo‘lishi bosh miya qobig‘ining shartli refleksi faoliyati boshlanganidan darak beradi. Bola xayotining ikki oyida barcha retseptorlarda ko‘rish, eshitish, tam, xidlash va boshqa shartli reflekslar xosil bo‘lishi mumkin
Bir yo‘sindagi xayotiy sharoitlarn tezda-tezda birga kelishi natijasida bolada murakkab shartli reflekslar- odatlar shakillanishiga olib keladi. Ular ijobiy xam, salbiy xam bo‘lishi mumkin. Salbiy odatlarning paydo bo‘lishiga quyidagilar xizmat qilishi mumkin: agar bola xar safar yig‘laganda qo‘lga olinsa u tezda xar bir istagini yig‘lab bajartirishga kattalarga majbur qilishni odat kiladi. SHartli reflekslarning paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar orasidan quyidagilarni keltirish mumkin:
Analizatorlarning anatomik etukligi va funksional xolati, ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar tufayli bosh miya qobig‘iga atrof- muxit xaqida axborot keladi. SHartli reflekslarning etarlicha xosil bo‘lmasligiga sabab, bola etarlicha miqtorda axborot ololmaganida.
Qo‘zg‘atuvchilar majmuasi, bir emas, bir necha qo‘zg‘atuvchilar majmua ta’sir ko‘rsatsa shartli reflekslar tezroq xosil bo‘ladi; bir necha qo‘zg‘atuvchilar bir vaqtda xar xil analizatorlarga ta’sirini o‘tkazadi, sezish a’zolarini kurish, eshitish va boshqalar. Bola buyumni nafakat ko‘rmay, uning otini xam eshitsa, qo‘li bilan ushlab ko‘rsa, buyum xaqida yanada to‘laroq tasavurga ega bo‘ladi.
SHartli qo‘zg‘atuvchining kuchi. Ayrim shartli tashqi qo‘zg‘atuvchilar shu qadar kuchli bo‘ladiki xatto shartli refleks xosil bo‘lishini xam qiyinlashtiradi. Agar katta odam bir narsani bolaga uqtirishda qo‘pol xarakatlar qilsa, baqirib chaqirsa, muvaffaqiyatga umid qilish qiyindir.
Salomatlik darajasi bola xar qanday kasallik bilan og‘rigan vaqtda sharli refleks paydo bo‘lishi tormizlanadi.
Bosh miya qobig‘ining xayojonlanish xolati optimal xayajonlanish bolaning bosiq xulqini taminlaydi. Bu xolatda bola faol atrof muxitga to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi. Masalan, “ tezroq yur” deyilsa, bola qadamini tezlashtiradi, “shoshilma” ovqatiningni sekinroq egin deyilsa, o‘z xarakatini sekinlashtiradi. Kuchsiz qo‘zg‘atuvchiga kuchsiz, kuchlisiga esa o‘ziga yarasha kuchli reaksiya bildiradi. Masalan, agar bola yiqilsa va engil shikastlansa u kichrayadi, bordiyu qattiq yiqilsa kuchli og‘riqdan qattik yig‘laydi, demak reaksiyasi qo‘zg‘atuvchi kuchiga yarasha bo‘ladi. Bosh miya qobig‘ining xayajonlanishi xolati bosh miya qobig‘ining meyyorida ishlayotganini bildiruchi asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi va bolaning jismoniy va asabiy ruxiy yaxshi ko‘nikishiga imkoniyat yaratadi. Bosh miya qobig‘ining yuksak yoki past qo‘zg‘aluvchanligi shartli aloqalarni xosil bo‘lishini qiyinlashtiradi. Bola qattik yig‘laganda kuchli xayajonlanish yoki nixoyatda ruxsiz xolatda bo‘lsa, kuchli tormizlanish, unga biron narsa uqtirish qiyin. Bunday xolatlarda avval bolani tinchitish, keyin tushintirishga xarakat qilish lozim bo‘ladi.
Quvvatlantirish xarakteri, bola xayotining birinchi oylarida ovkat bilan quvvatlantirishda refleks xosil qilish engil kechadi, biroq ko‘p o‘tmay mo‘ljalli refleks katta axamiyata ega bo‘ladi. Bunda quvvatlantiruvchi chiroyli rasmlar o‘yinchoqlar va boshqalar bo‘lib qoladi. Masalan, bola o‘yinchoq nomini engil eslab qolish uchun uni qiziqtirish kerak bo‘ladi. YAna bir misol bola o‘yinchokka qiziqib unga yaqinlashadi, bunda u xarakat faolligini ko‘rsatadi.
Bola oliy asab faoliyatining aloxida xususiyatlari xam shartli reflekslarning xosil bo‘lishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, tez xayajonga tushuvchi bolalarda shartli reflekslar tezroq xosil bo‘ladi, ammo ular ko‘pincha turg‘un bo‘lmaydi, bosiq, asabiy, jarayonlari bo‘shashgan bolalarda shartli reflekslar oxista xosil bo‘ladi va deyarli darxol maxkam o‘rnashib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |