SHartsiz tug‘ma reflekslar bola tug‘ilgan birinchi kunlaridan boshlaboq namoyon bo‘lib, uning jismoniy o‘sishiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Agar bolani qorniga yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tarib, atrofga buradi. Bola belanchakda qorinda yotsa, boshini orqaga, chalqancha yotsa olidinga o‘ng yoniga yotqizilsa chapga, chap yoniga yotqizilsa o‘nga tashlaydi; oyoq terisiga ko‘l tekkizilsa, bola emaklashga urinadi, elika terilariga tegilsa umurtkasini bukadi. SHunday qilib shartsiz reflekslar mushaklarni qisqarishiga olib keladi, ulardan bola tug‘ilganning birinchi xaftasida qo‘l va oyoq mushakarining gipertoniyaligi sabab jismoniy mashqlardan foydalanib bo‘lmaganda, bola mushaklarni o‘stirish va umuman murg‘ak a’zolariga ta’sir etish uchun foydalanish mumkin.
Sog‘lomlashtirish, o‘rgatish va tarbiya berish masalalarini to‘liq echishda sanab o‘tilgan barcha jismoniy tarbiya vositalaridan uyg‘unlashgan xolda foydalanish asosiy shartdir. Ko‘rsatilgan vazifalarni turli o‘sish davrida qo‘llanishda asosiy va qo‘shimcha vositalarni to‘g‘ri qo‘shib olib berilgan taqdirda yanada samaradorlikga erishiladi. Masalan, birinchi uch oyda bola xayotida eng zarur axamiyatga ega narsa ozodalik, tabiatning tabiy kuchlari va shartsiz reflekslar omillari. Birinchi yil massaj, sust, sust-jadal, surat mashqlaridan emaklash va boshqalar foydalaniladi. Bola yoshi kattalashishi bilan ozodalik, tabiatning tabiy kuchlari omillarining axamiyati kamayadi, ammo uyqu va ovqatga xam vakt ajratiladi, ancha murakkab jismoniy mashqlarni qo‘llashga sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |