Jizzax davlat pedagogika instituti


Dinamik stereotip hosil qilish



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə20/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
2-kurs

Dinamik stereotip hosil qilish. Odatda asab tizimiga ko‘plab qo‘zg‘atuvchilar ta’sir etadi, bir xillari xayajonga keltiriladi, boshqa xillari organizmning u yoki bu faoliyaitni tormozlashtiradi. Xayajonga kelgan va tormozlashgan miya qismlarining o‘zaro xamkorligi tufayli xar bir aloxida refleks yakkalangan – ajralgan xolda o‘tmaydi, balki bosh miya qobig‘ida bo‘lib o‘tayotgan salbiy jarayonlarning barcha asab tizimlariga bog‘liqdir. Miya jarayonlari tizimi dinamik bo‘lib, muntazam xolatini o‘zgartirib turadi. Ayrim bir xildagi shartli reflekslarning bir qadar uyg‘unlashuvi uzoq muddat qaytarilganda mustaxkamlanib qoladi. Shunday mustaxkamlanib qolgan ma’lum bir izchillik bilan amalga oshiruvchi shartli reflekslar tizimi I.P. Pavlov dinamik stereotip, deb atagan. Dinamik stereotip xosil bo‘lganda, xarakat xar safar o‘ziga xos iz qoldiradi. Bu iz daladan piyoda yurib o‘tgan kishidan keyin qolgan yakka oyoq yo‘ldagi egilgan o‘tlarga o‘xshaydi. Birinchi yo‘lovchi ketidan ikkinchisi, keyin uchinchisi o‘tgudek bo‘lsa, o‘t erga ko‘proq engashib, arang ko‘rinayotgan so‘qmoq xaqiqiy yo‘lga aylanib qoladi. Iz tushgan yo‘ldan yurish doimo qo‘riqdan yurishdan oson. Asab tizimida xam shunday, agar shu tushgan yo‘ldagi asab impul’s o‘tsa, qolgan asab izini mustaxkamlaydi va kengaytiradi.

Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin