Ichki tormizlanish So‘nish – ichki tormozlanishning ko‘rinishlaridan biridir. Bunda ma’lum sharoitda bironta shartli refleks yo‘qoladi, so‘nadi. Ma’lumki, bola gavdasini odatiy emish xolatiga keltirilsa, u darxol emish xarakatiga tushib qoladi. Agar bola gavdasini bir necha bor shu xolatga keltirilsa emizilmasa, aytgan refleksimiz emish xarakati maqsadga muvofiq emasday so‘nadi.
Bolada reflekslarning so‘nishi natijasida, keyinchalik ijobiy va salbiy shakldagi xulqni tarbiyalash mumkin. Masalan, bola boshqa bir bolani xafa qilib o‘yinchog‘ini olib qo‘yadi. U necha bir bor shunday qilsa xam, xech jazo olmaydi. Ammo tarbiyachi xar safar xafa qilingan bolaga o‘yinchoqni zo‘rovondan olib bersa, bir necha muddatdan so‘ng o‘sha zo‘ravonda o‘yinchoqni tortib olishga xavas qolmaydi, tormozlanish ya’ni oldin xosil bo‘lgan refleks so‘nadi. Refleksning so‘nishiga yana bir misol: agar kasalxonaga etkazilgan bola xar kuni oldindan odat qilgan sarishtalik va ozodalikka rioya qilmasa (ya’ni talab qilinmasa), ozroq vaqtdan so‘ng bu yaxshi xulqi tormozlanadi, so‘nadi va kasalxonadan chiqar paytida isqirt bolaga aylanadi.
SHunday qilib o‘sish jarayonida bola tushgan sharoitga qarab bir odat so‘nadi, ikkinchisi rivojlanadi.
Differensiatsiya qilmoq, ya’ni farq qilmoq bu ichki tormozlanish turi bo‘lib. Bola xayotining 3- oyi oxiri 4 oy boshida paydo bo‘ladi. Differensiatsiya qilish masalan, narsalarning shaklini shar, qub yoki rangini ko‘kni qizildan farq qilish, “ko‘rish” differensiatsiyasi bolaning o‘z ota- onasini yuzini boshqa yuzlardan ajrata bilish xam ko‘rish differensiatsiyasi misol bo‘la oladi. “ eshitish” differensiatsiyasi xam bor, masalan bola o‘z yaqinlarini ovozini eshitib, tanib oladi. Borgan sari differensiatsiyalash murakkablashib, noziklashib boradi. Agar 6 oylik bolaga tami yoqimsiz dorini 3-4 marotaba bir shishadan quyib berilsa, shu shisha ko‘z oldida paydo bo‘lishi bilan, bola yuzini teskari burib oladi. Bola shirin sharbat beriladigan va u quvonib kutib oladigan shishadan bu shishani tezda ajratib oladi, bola miyasida shishaning tashqi shakli bilan uning ichidagi narsaning o‘rtasida bog‘lash vujudga keladi.
Kechikish – ichki tormozlanishning yana bir turi bo‘lib, bola xayotining birinchi yili xosil bo‘ladi, shartli reaksiya biroz kechikishi bilan yuzaga keladi. Masalan, ikkita 7 va 8 oylik bolalarni bir vaqtda ovqatlantirishga o‘tilganda, avvalo ikkala bola qoshiqni ko‘rganda og‘iz ochib, ovqat berilishini kutishgan. Keyinchalik shunday qilinganda, bolalar og‘izlarini bir vaqtda ochmay, xar biri og‘ziga qoshiq tutilishini kutgan.Bu turdagi ichki tormozlanish borgan sari ko‘payib boradi. Katta bolalar, kanfetni ovqatdan keyin yeyish lozimligini bilishgani uchun nafslarini tiyib, ovqatdan oldin yeyishmaydi. Bu qobilyatni rivojlantirish va tarbiyalash kerak. Biroq bolalarni yoshlikdan tezda- tezda xamda uzoq vaqt ovqatlarni kutishga majbur qilish mumkin emas.
SHartli tormozlanish xam ichki tormozlanishga kiradi, agar bola belgilangan sharoitga tushib qolsa, oldin o‘rganilgan reaksiya kechadi. Masalan, uyda doim shunday narsalar mavjudki, ularni o‘ynashga bolalarga ruxsat berilmaydi. Ammo bola uyda yolg‘iz qolishi bilan, odatda ruxsat berilmaganiga qaramay, shu narsalarga qo‘l tekkizadi bu misolda kattalarning uyda xozirligi bola uchun “ shartli” tormozlanishdir. “Mumkin emas “ degan so‘z bilan xam shunday. Agar bu so‘zni o‘z vaqtida va muntazam ishlatilib turilsa, bola ongiga birinchi misoldagi kattalarning xozirgiday ta’sir etadi.
“Oliy” tormozlanish – bosh miya kobig‘ining tormozlantirivchi xarakat kobig‘ osti faoliyatiga yollangan takdirdaxosil bo‘ladi. ( P.K. Anoxin) . masalan, 3 yoshlik bola ishtonini tushirguncha bir pas o‘zini ushlab tura oladi, ammo yarim yoshlik bola bunday xolatlarda o‘zini saklab tura olmaydi.
SHunday qilib, gudaklik vaqtidan boshlab o‘sish jarayonida xar xil to‘rmizlanish reflekslari paydo bo‘ladi, shular tufayli o‘quv malaka, axloq odob shakli tarbiyalanadi va shakillanadi.