Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə31/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
2-kurs

Darsning o’quv masadi: Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarda yuklanish sharoitida fiziologik ko‘nikmalar haqidagi tushunchalarni hosil qilish .

Tayanch so’z va iboralar:

Reja.

1. 3-7 yoshli bolalar jismoniy tarbiya tizimi.

2. Fiziologik ko‘nikmaning metodologik yo’nalishi.

3. Fiziologik ko‘nikmaning tarkibiy qismlari.

Maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologik ko‘nikmaning metodologik yo‘nalishi jismoniy tayyorgarlik adekvat tashkiloti va turli kasalliklar oldini olish sharoitini yaratish bilan aniqlanadi. Issiq ob-havo sharoitida 3-7 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya tizimini kamolotga etkazish masalalarini echish uchun bola organizmi fiziologik ko‘nikmasining talab va ko‘p tomonlarini izohlab berishga to‘g‘ri keladi.

Fiziologik ko‘nikmaning algoritmik sxemalarini echuvchi tarkibiy qism bo‘lib, yo‘naltirilgan harakatli faollik sharoitiga quyidagilar kiradi:



  1. Qisqa muddatli jismoniy prinsiplari, yuklanish diapazoni 3-30 minutgacha;

  2. Jismoniy yuklanishning optimal qisqaligi bolalr bog‘chasi tartibi va oila sharoitidan kelib chiqib oqilona va bir me’yorda taqsimlangan;

  3. Harakatli faollikda qo‘llanuvchi element qism va komplekslarida harakteridan uyg‘unlik prinsipi guruhining elastits cho‘zilishi qon aylanishini tartibga soluvchi, presso-depressor tizimini faollashtiruvchi vestibulyar propreoseptiv rag‘batlantiruvchi;

  4. Harakat malakalarini vegetetiv komponentini shakllantirish yo‘nalishida funksional tayyorgarlik bolalarning jismoniy kamolotga etkazish turidir;

  5. Harakatlantiruvchi, issiqlik va nur ko‘nikmalarining birligi;

  6. Jismoniy kamolotga etishuv shaklalrining adekvat nisbati;

  7. Yosh imkoniyatlariga qarab izchil ravishda bolalarda ratsional jismoniy yuklanishning foydali tomonlarini shakllantirish, jamoa va oila sharoitida.

Harakatlantiruvchi issiqlik nur ko‘nikmalarining birlik prinsipi maktabgacha yoshdagi bolalarga issiqlik mashqi va tashqi gipertemiya quyosh nuri etishmasligiga qarshilik maqsadida ularni muntazam quyosh nuriga tutishlikni nazarda tutadi. Qisqa muddatli jimoniy yuklanish sharoitida quyosh nurida tutish uni ortiqcha suis’temol qilishni man etadi va bolalar organizmida yilning issiq mavsumida chidashga zarur ko‘nikma hosil etadi.

5. Bolalar jismoniy o‘sishining ko‘rsatkichlari.

Bolalarning yoshlik va maktabgacha yoshdagi vaqtlarda jismoniy o‘sishlari asosiy ko‘rsatkichlarning uzluksiz o‘zgarib turishi bilan harakterlanadi. Ular: bo‘yi, gavda og‘irligi, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi.

Bolaning bo‘yi birinchi yil taxminan 25 sm.ga o‘sadi. Bu maktabgacha yoshdagi davrda eng kata ko‘rsatkichdir. 5 yoshga chiqqanda tug‘ilgan davrdagiga qaraganda bo‘yi 2 barobar o‘sadi. Gavda og‘riligi birinchi yili 3 marta, bir yildan keyin esa anchagina bir tekisda o‘zgaradi, har yili 2-2,5 kg.

Ko‘krak qafasi aylanasi ham bir me’yorda o‘zgarmaydi. 1-yili ancha tez o‘sadi, 12-15 sm.ga. Qolgan maktabgacha bo‘lgan yoshda taxminan shuncha o‘zgaradi. Bola ko‘krak qafasini aylanasining kattaligi bolaning semizligi, jismoniy o‘sishiga (mushaklarning o‘sishi, nafas olish va yurak-tomir tizimlariga) bog‘liq.

Jismoniy mashqlarning ijobiy ta’siri nafaqat bolalarning jismoniy o‘sish darajasida bilinadi, balki gavda go‘zalligida yaxshilanishida ham ko‘rinadi.

Bolalarda suyak tizimi kattalarnikiga qaraganda tog‘ay to‘qimasiga boy bo‘ladi. SHu sabab bola suyagi yumshoq, egiluvchan etarli darajada qattiq emas, oson qiyshayadi, tashqi noma’qul omillar ta’sirida o‘z shaklini tez o‘zgartiradi (funksional va yosh imkoniyatlariga mos bo‘lmagan jismoniy mashqlar bola bo‘yiga munosib bo‘lmagan sport sababi va boshqalar).

Bolaning 2-3 yoshidan boshlab yassi struktur holatdagi suyak to‘qimalari hosil bo‘la boshlaydi. Skeletning suyaklanish jarayoni oxista boradi, bu jarayon butun yoshlik davrida davom etadi. Umurtqaning fiziologik bukiklarining bo‘yin, ko‘krak va bel qismlarida shakllanishi butun maktabgacha bo‘lgan davrda davom etadi (bola boshini ushlaydigan, chalqancha yota oaldigan, o‘tiradigan, yuradigan bo‘lganda). Bolalar umurtqasi harakatchanligi bilan ajralib turadi, fiziologik bukiklik muhim emas, bola yotganda silliqlanadi. Skeletining yumshoqligi uning shaklini o‘zgartiruvchi kuchga engil bo‘ysunadi: noto‘g‘ri o‘tirish, turish, yotish. Noto‘g‘ri holatlarda o‘tirib turishlar tezda odatga aylanadi, qomatni tik tutish buziladi, bu o‘z navbatida qon aylanishi nafas olish omillariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: suyak noto‘gri o‘sa boshlaydi.

Tovon yarim gumbazi shakllanishi bola hayotining birinchi yilidan boshlanadi, jadal davri – yura boshlashi bilan, makatbagacha yoshida esa davom etadi. SHu boisdan bola oyog‘iga nihoyatda diqqat bilan oyoq kiyim tanlash lozim. Bola tovonining yarim gumbazi to‘g‘ri shakllanishi va mustahkamlanishi bilan mashqlarga e’tibor zarurdir.

Skeletning jadal o‘sishi mushaklar, pay va bo‘g‘inlarning bog‘lovchi apparatlar o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. YOsh bolalarda bo‘g‘imlarining kattalarnikiga nisbatan tez harakatchanligi, mushaklari, paylari va bog‘lamlarning juda egiluvchanligidan. Bo‘g‘imlarning haddan tashqari harakatchanligi (liqildoqligi) rahid kasaligining belgilaridan biri. Bolaning jismoniy o‘sishini faqat vazni, bo‘yi, bosh va ko‘krak aylanasi bilan emas, gavda tuzilish qomati, tovon miqyosi bilan ham baholash mumkin.

Qaddi-qomat ortiqcha zo‘r bermay gavda va kallani tik tutib turishni harakterlovchi odatiy qiyofa. Bu holatda umurtqaning tabiiy (fiziologik) bukiklari (qiyshiqligi) haddan tashqari yoki etarli darajada emasligi, qomatni noto‘g‘ri tutishdan guvohlik beradi. Bu esa o‘z navbatida umurtqa funksiyasining buzilishiga va boshqa ko‘ngilsiz holatlarga olib keladi. Tez-tez qomatga oid quyidagi nuqsonlar uchrab turadi: bukir elka, yumaloq elka, taxtakach elka, egarsimon elka. Umurtqaning yon tomonlariga qiyshayishi skalioza deyiladi. U gavda holatining noto‘g‘riligi yoki odat holatiga kirib qolgan not’g‘ri ushlash natijasida yuzaga keladi. Ko‘pincha skalioza bo‘lishlikka mushak bo‘shlig‘i sabab bo‘ladi. Jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish mushaklarni, pay, bog‘lovlarni mustahkamlaydi va skaliozadan qutilishga olib keladi. SHu sabab jismoniy kamquvvat bolalarni jismoniy tarbiyadan “muhofaza”qiluvchi ota-onalar haq emaslar. Bu ishlari bilan ular bolalarning salomatligiga zarar etkazadilar. Bolalar qaddi-qomatlarini to‘g‘ri tutishlarini uyda nazorat etish (ovqat, o‘yin va to‘g‘ri tutishlarini mashg‘ulot vaqtlarida) katta ahamiyatga egadir.

Ko‘krak qafasining shakli. Rasmana ko‘krak qafasi shaklidan o‘zgacha ko‘p uchrovchi ko‘rinishlar: konus, slindr, bo‘chka qavariq (tovuq-ko‘krak), taxtakach, botiq shakl ko‘rinishlarida bo‘lgan ko‘krak qafaslari: kuraklar normada bir chiziqda bo‘lishi va elkadan ortiqcha turtib chiqmasligi lozim. Bundan o‘zgacha holatlari kurakning pastki burchak qismlari bir xil holatda bo‘lmaydi yoki qanot sifat kuraklar. Ko‘krak qafasi shaklining yoshlikdan to‘g‘ri o‘smasligiga ko‘pincha sabablar raxit kasalligi mushaklar zaifligi va har tomonlama o‘sish hamda bo‘yiga o‘sishining to‘xtab qolishi.

Oyoqlar shakli. To‘g‘ri norma shakllaridan tashqari raxit kasalligining oqibati bo‘lgan. O shaklida va ko‘pincha bo‘g‘imlarni bog‘lovchi apparatlarning zaifligi natijasida (ko‘proq qizlarda uchraydi) X shaklida uchraydi.

Tovon shakli. Normadagi tovon yarim gumbaz shaklida bo‘ladi. Bu cho‘ziluvchan “gumbaz” bog‘lovchi apparatlar tortilishi va mushaklarning zo‘riqishi hisobiga ushlanib turadi. Mushak bog‘lovchi apparatlarning zaifligi yoki imkoniyatidan ortiq yuklanishi, shuningdek tovon shaklida to‘g‘ri kelmaydigan noto‘g‘ri oyoq kiyimi tovonning normal faoliyatini buzadi va uning gumbazi qalin tortib zichlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Qattiq zichlanish yassitovonlik deyiladi. YAssitovonlikda tovonning normal ishlashi buziladi. YUrganda va bir joyda turib qolganda tez toliqadi, mushaklari og‘riydi. Oddiy ko‘rish yo‘li bilan tovon shaklini aniqlash mumkin. Eng to‘liq ma’lumotni qattiq narsa yoki bir varaq qog‘ozga tushirilgan tovon izi beradi. Tovon izini olish uchun esa tovonni xo‘llash yoki oson yuviluvchi bo‘yoq surtish lozim bo‘ladi.

Yosh bolalarda mushak tizimi kattalarga nisbatan uncha rivojlanmagan bo‘ladi, bolalarda mushak massasi butun gavda massasining 25 % ga yaqinini tashkil etadi, kattalarda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 40% ga tengdir. Bola harakatining rivojlanganligi bilan bola massasi kattalashadi va mushak to‘qimalarining qisqaruvchanlik qobiliyati kam o‘sadi. Mushaklar quvvatini oshishi ko‘p jihatdan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarida jismoniy yuklanishning muntazam o‘sib borishi bilan belgilanadi.

Maktabgacha yoshdagi kichik bola yozuvchi mushaklar yaxshi rivojlanmagan, hali ancha bo‘sh bo‘ladi. SHu sababli bola ko‘pincha noto‘g‘ri holatda turadi: kalla tushib ketgan, elkalar qisiq bukchaygan, botiq ko‘krak. Bola 5 yoshlarga borganda mushaklar massasi ortib ayniqsa: oyoqlar mushaklari kuchayib mushaklarning kuchi va ish qobiliyati ko‘payadi. Mushak kuchlarinig ko‘rsatkichlari yosh o‘zgarishining xuddi shuningdek, jismoniy mashg‘ulotlar ta’sirining xos tomonlarini aks ettiradi. Qo‘l panjalari mushkalarining kuchi 3-4 yoshda 3,5-4 kg bo‘lsa, 7 yoshlarda 13-16 kg.ga etadi. 4 yoshdan boshlab o‘g‘il bolalar va qiz bolalar ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq qiladi. Gavda mushaklari ko‘cha (asosiy kuch) 7 yoshga etganda deyarli 2 barobar ortadi, 15-17 kg.dan 3-4 yil ichida, ya’ni 7 yoshlarda 32-36 kg.ga etadi.

Mushaklarning statik holatini mushak tonusi deb atash qabul qilingan. Mushka tonusi markaziy asab tizimidan qoladigan impuls bilan quvvatlashib turadi. Bolalar hayotining 1-oylarida yozuvchi tonuslarga nisbatan oyoqlar uchini eguvchi mushaklar tonusi ziyoda bo‘ladi, bu emuvchi bolalarning o‘ziga xos gavda qiyofasini belgilaydi. Yuqori qism mushaklari tonusi odatda 2,5-3 oylarda, oyoq uchlari tonuslari 3-4 oylarda tekkislanadi. Kasalliklarda bu muddatlar o‘zgarishi mumkin, juda yosh bolalarda mushak tonuslari osoyishta bo‘ladi: uqalash va gimnastika ta’sirida kamanda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushka tonuslarining holati qomatini adl tutishning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Mushak tonuslari alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Tabiiy mushak qo‘llab hosil qiluvchi gavda. Yosh kattalashgan sari elka va qorin mushaklari zo‘riqishi tonusi ortib borishi ko‘rinadi, bu nafaqat markaziy asab tizimining regulyatorlik funksiyasi yaxshilanganligiga natijasi bo‘lmay, jismoniy mashg‘ulotlarning ijobiy ta’siri hamdir. Mushak tonusining yaxshilanib borishi bilan birga ayrim guruh mushaklarinig bo‘shashishlik va zo‘riqishlik refletstor regulyasiyasi sozlana boradi. Bu guruh mushaklari esa gavdaga alohida qiyofa beradi, bolada qomat shakllana boshlaydi.



Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin