Jizzax davlat pedagogika universiteti


Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə24/28
tarix28.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124451
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
G..Eshbekova uslubiy ko\'rsatma

Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning
xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil
    o„zlashtirish;

  • berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • hisob-grafik ishlarini bajarish;kurs ishi loyihasini bajarish;malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;maket, model, badiiy asar, musiqa va namunalar yaratish;ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;

  • berilgan mavzu bo‘yicha elektron variantlarni tayyorlash; uy vazifalarini bajarish va boshqalar.

O‘qitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba mustaqil ishini
tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin.
Endi yuqoridagi talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllariga kengroq
to‘xtalib o‘tamiz.

Ayrim mavzularni oquv adabiyotlari yordamida mustaqil ozlashtirish
Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi
o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda
o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va
ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga
xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot
manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv
adabiyotlaridan, ilmiy adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib
ushbu mavzuga tayyorlanib keladilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan
holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda
o‘qituvchidan maslahat oladilar. Talabalarning tayyorlab kelgan mavzulari
bo‘yicha fan o‘qituvchisi savol-javob tarzida og‘zaki, yozma va boshqa usullardan
foydalangan holda talabalarning bilimini baholaydi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin