Ilmiy rahbar:
|
Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna
pedagogika fanlari doktori, professor
|
Rasmiy opponentlar:
|
Nurmanov Abdinazar Tashbayevich
pedagogika fanlari doktori, professor
Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich
pedagogika fanlari doktori, professor
|
Yetakchi tashkilot:
|
Guliston davlat universiteti
|
Dissertantning shaxsiy hujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirish uchun so‘zni kengash kotibi, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rajabov Furkat Turakulovichga beriladi. Marhamat.
ILMIY KOTIB: Assalomu alaykum hurmatli kengash a’zolari, hurmatli mehmonlar!
Bakirov Otabek Bo‘ranovichning shaxsiy hujjatlariga bilan tanishtirib oʻtsam:
Bakirov Otabek Bo‘ranovich 1986-yil 3-iyulda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan.
2011-yil Jizzax davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.
2014-yil Jizzax davlat pedagogika instituti Ma’naviyat asoslari mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
2011-2012 yillarda Jizzax viloyati Jizzax tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi;
2014-2022 yillarda Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni o’qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan;
2022-yildan to hozirgi davrgacha A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
O.B.Bakirov dissertatsiya himoya qilish uchun talab etiladigan barcha hujjatlarni kengashga topshirgan.
OAK tomonidan joriy etilgan malakaviy imtihonlarni quyidagi baholarda topshirgan:
Chet tili (ingliz) - 72 ball,
Mutaxassislik fani bo‘yicha:
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi – 68 ball
Qo‘shimcha malakaviy imtihonlar bo‘yicha:
Pedagogika nazariyasi va tarixi – 71 ball
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat – 71 ball
Mazkur pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha jami 22 ta ilmiy ishlar chop etilgan, shulardan, muallifning g‘oyalari va dissertatsiya tadqiqotlari natijalari bo‘yicha respublika ilmiy jurnallarida 4 ta, respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallarida 15 ta, xalqaro anjuman materiallarida 2 ta, chet el xorijiy jurnallarida 1 ta nashr qilingan.
O.B.Bakirov oilali, 4 nafar farzandi bor.
O.B.Bakirovning dissertatsiya ishi 2023-yil 19-iyul kuni ChirDPI huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tuzilgan 32-sonli ilmiy seminarida muhokama qilingan va dissertatsiya ishi tugallangan, dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, bajarilgan ishning hajmi va chop etilgan maqolalar soni bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi deb hisoblanib, Ilmiy kengashga himoyasiga tavsiya etgan.
RAIS: Rahmat. Hurmatli ilmiy kengash a’zolari!
Talabgorning hujjatlari yuzasidan ilmiy kotibga yoki talabgorning o‘ziga savollar bormi? - (Kengash a’zolari: savollar yo‘q.)
Ma’lumot uchun qabul qilinsin, degan taklif tushayapti. E’tirozlar bormi? - (Yo‘q). Kim ushbu taklifga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.
- Qarshilar? - Yo‘q. Betaraflar - Yo‘q. Qabul qilindi.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va olingan natijalari bo‘yicha so‘z talabgor Bakirov Otabek Bo‘ranovichga beriladi. Reglament 20 minut. Marhamat.
Dostları ilə paylaş: |