Jizzax davlat pedagogika universiteti


Ped.f.d., prof. NURMANOV A.T



Yüklə 172 Kb.
səhifə8/15
tarix11.11.2023
ölçüsü172 Kb.
#131791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bakirov stenogramma

Ped.f.d., prof. NURMANOV A.T.: O.B.Bakirovning dissertatsiyasi bo‘yicha taqrizini o‘qib eshittirildi. Taqriz ijobiy, ammo ayrim fikr-mulohazalar ko‘rsatib o‘tilgan. (Taqriz ilova qilinadi).
RAIS: Rahmat. Birinchi rasmiy opponent – pedagogika fanlari doktori, professor Nurmanov Abdinazar Tashbayevich ko‘rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun so‘z talabgorga beriladi.
BAKIROV O.B.: Pedagogika fanlari doktori, professor Nurmanov Abdinazar Tashbayevichga tadqiqotimiz haqida bildirgan fikr-mulohazalari uchun minnatdorchiligimni izhor qilaman.
Yuqoridagi fikrlaringiz bo‘yicha o‘z munosabatimni bildirsam. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalariga oid ma’lumotlarni ochib berish bo‘yicha juda katta ma’lumotlar bor edi. Lekin shu vaqtgacha biz 15 tadan ortiq o‘zbek olimlarining ishlarini tadqiq qilganmiz. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi bo‘yicha yetarlicha o‘zbek olimlarining ishlarini ko‘rib chiqqanmiz. Siz tomoningizdan aytilgan mulohazalar dissertatsiyaning hajmiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan xulosaga kelindi.
Ikkinchi, uchinchi mulohazalar bo‘yicha, bu e’tirozni qabul qilamiz va keyingi tadqiqot ishlarida inobatga olamiz.
To‘rtinchi mulohaza bo‘yicha, jadvalni qisqartirsak, jadval to‘liq mohiyatini ochib bermaydigan bo‘ldi. Shuning uchun shu holatda qoldirganmiz.
Men yana bir bor hurmatli opponentim, pedagogika fanlari doktori, professor Nurmanov Abdinazar Tashbayevichga tadqiqotimizni chuqur ilmiy tahlil qilganligi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va kelgusi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman.
RAIS: Rahmat. So‘z - ikkinchi rasmiy opponent, pedagogika fanlari doktori, professor Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevichga beriladi. Marhamat.
P.f.d., prof. XODJAYEV B.X.: O.B.Bakirovning dissertatsiyasi bo‘yicha o‘z taqrizlarini o‘qib eshittirdilar. Taqriz ijobiy, ammo ayrim fikr-mulohazalar ko‘rsatib o‘tilgan. (Taqriz ilova qilinadi.)
RAIS: Rahmat. Taqrizda ishning to‘liq mazmun-mohiyatini ochib bera oldingiz. Rasmiy opponent taqrizida ko‘rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun so‘z talabgorga beriladi.
BAKIROV O.B.: Avvalambor, qimmatli vaqtlarini ayamay ishimizni o‘qib, unga samimiy munosabatlarini bildirganliklari uchun pedagogika fanlari doktori, professor Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Opponentimizning e’tirozlarini qabul qilamiz va keyingi ishlarimizda inobatga olamiz.
Men yana bir marta hurmatli opponentimiz, pedagogika fanlari doktori, professor Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevichga tadqiqotimizni chuqur ilmiy tahlil qilganligi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
RAIS: Rahmat. Hurmatli ilmiy kengash a’zolari!
Rasmiy muhokama tugadi, norasmiy muhokamaga o‘tamiz. Muhokamada mehmonlar ham qatnashishlari mumkin. Marhamat, dissertatsiya bo‘yicha kimda qanday fikr-mulohazalar bor? Onlayn ishtirok etayotgan hurmatli kengash a’zolaridan va norasmiy muhokama jarayonida mehmonlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Marhamat, so‘z – kengash a’zosi, pedagogika fanlari doktori, professor Maxkamov Ulfat Ilxamovichga beriladi.

Yüklə 172 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin