Topshiriq: Ulardan foydalanib, o‘zingiz yoqtirgan iqticodiy fanning biron mavzusi bo‘yicha shu metodni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqing. Javobini alohida tarqatma material sifatida bering. Nimaga savol bilan birgalikda javob ham tayyorlash kerakligi sababini tushuntiring.
3. Tahliliy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, muammo savollar orqali yechiladi. Shuning uchun dars jarayonida savol orqali talabalarda o‘zfikrini asoslash ko‘nikmasini hosil qilish katta ahamiyatga ega.
Savollar qo‘yilishi tarzi, mazmuni, maqsadi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin.
Qo‘yilgan muammo bo‘yicha dalillarni, sanalarni aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo‘ladi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar - turli so‘roq gaplar orqali ifodalanib, turli-tuman javob berilishi ko‘zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollar - bu savollarga javob «ha», «yo‘q», «ehtimol to‘g‘ri» tarzida olinishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘lib, odatda ular fe’lga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil etiladi. Masalan: Talab egri chizig‘ini siljishiga modaning o‘zgarishi ta‘sir kiladimi? Yoki yalpi ichki mahsulot hisoblaganda transfert to‘lovlarini qo‘shamizmi?
ikki variantda bo‘lib, ulardan nisbatan ishonchlirog‘i tanlanishi kerak. Berilgan savolni tushunish qiyin bo‘lsa, uni boshqacha tushunarliroq variantda beriladi.