Nazariy dars uchun masala tuzishga namuna. Firma faoliyati va uni baholashni o‘rganishda foydaning qanday taqsimlanishini ko‘rsatuvchi masala quyidagicha bo;lishi mumkin:
Bu masalani yechish o‘quvchi, talabalarga foyda, dividend va boshqa tushunchalarni puxta o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
Firmaning o‘z mahsulotlarini sotishdan olgan tushumi 4,5 million so‘m. Mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan umumiy xarajatlar 4 million so‘mni tashkil etadi. Olingan foydaning 18 foizi soliqqa, qolgan yarmi dividendga to‘lanadigan bo‘ldi. Foydaning qolgan qismini 50 foizi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflanadigan bo‘ldi. Foyda normasini, soliq va dividend miqdorini, investitsiyaga ajratilgan mablag‘ miqdorini hisoblang.
Dars jarayonida birinchi navbatda foyda miqdorini aniqlash zarur: u 4,5 mln. so‘m - 4 mln. so‘m = 0,5 mln so‘mga teng. Endi foyda normasibi topamiz. Foyda normasi Rn= (foyda x 100%) : xarajatlar;
Masalamiz b o‘icha Rn= (0,5 mln. so‘m x 100%) : 4 mln. so‘m = 25% ga teng.
Topshiriq:Siz ozingiz yoqtirgan fan, mavzu bo‘icha nazariy dars uchun masala tuzing.
2. Quyida ta‘kidlangan fikrga nisbatan o‘z nuqtai nazarini bildirish va uni asoslab berishni talab qiluvchi mashqlarga namuna berilgan:
To‘g‘ri / noto‘g‘ri Bildirilgan fikr: 1. Firmaning harajatlari – bu doimiy va o‘zgaruvchan harajatlarning yig‘indisidan iborat.
2. Doimiy xarajatlar uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan xarajatlardir.
3.O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liq xarajatlardir.
Javob: a) Fermer yer uchastkasini ijaraga oldi, unda bug‘doy yetishtirib, davlatga sotdi.
b) Erkinjon “Neksiya” avtomobilini sotib oldi va unda dala hovlisiga qatnab turibdi.
v) Korxona o‘zining sexi binosini boshqa firmaga ijaraga berdi.