Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə190/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Topshiriq: Boshqa maqsad, vazifalarni ham, mavzu bo‘yicha o‘quvchi, talaba bilishi lozim bo‘lgan tushuncha va muomalalarni shu tarzda test savollvri va javoblarida aks ettiring.


4.Esse uchun mavzular va savollar.
Esse uchun savollar namunasi.

  1. 1980 yildan 2005 yilgacha ishlovchilar soni o‘sdi. Ularning uy yumushlariga sarflaydigan vaqtlari haftasiga 100 soatdan 50 soatgacha qisqardi. Yog‘, un, xamirturush, guruch kabilarni sotib olish kamaydi. Non, yarim fabrikatlar, konservalangan meva kabilarni sotib olish miqdori ko‘paydi. Ana shu mahsulotlarni sotib olish dinamikasini muqobil qiymat nuqtai nazaridan tushuntiring.




  1. Ayrim kishilar kundalik ehtiyoj mollari bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy kabilarning narxini past darajada ushlab turish kerak, degan fikrni bildirishadi. Baholar ustidan nazorat va rag‘batlantirish konsepsiyasidan foydalanib, birinchi darajali kundalik ehtiyoj mollarining narxini bozor narxidan past belgilanishi qanday oqibatga olib kelishini tushuntiring.




  1. Yaponiyada asosiy oziq-ovqat mahsuloti guruchdir. Yaponiya hukumati o‘z ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish maqsadida boshqa mamlakatlardan guruch sotib olishni chekladi. 1993 yili ob-havoning noqulay kelishi sababli Yaponiyada sholi yetishtirishga katta talofot yetdi. Ob-havoning yomon kelishi qanday oqibatga olib kelishini oldindan taxmin qiling.

Keyingi yillarda Yapon guruchining a) taklifini;
b) narxini o‘zgarishini ko‘rsating. Sabablarini izohlang.
Yapon hukumatining guruch importiga, umuman, importga munosabatini izohlang.
Topshiriq: Yuqoridagilardan foydalanib, masala va mashqlar, testlar tuzing. Esse yozish uchun savollar, topshiriq tayyorlang va javobi bilan taqdim qiling.
Takrorlash va munozara uchun savollar:

1.Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda masala, mashq yechish nima sababdan asosiy o‘rinda turadi?


2.Ma‘lum bir kategoriya, tushunchaning asosiy mazmunini bilishga qaratilgan masalalar, qanday masalalar?
3.Qanday masalalar ma‘lum bir tushuncha asosida hisob-kitob qilish, undan xulosa chiqarishga qaratilgan?
4. Qaysi iqtisodiy fanlarda masalani yechish uchun mazkur kategoriya haqida umumiy tushuncha bo‘lishi kerak? 5. Fanni o‘rganishda mashqlar qanday o‘rin tutadi? Fikringizni batafsil bayon qiling. 6. Iqtisodiy fanlarda o‘rganiladigan mashqlarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin? 7. Testlar haqida nimalar deya olasiz? Ularning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor? 8. Test tuzish qoidalarini o‘rgandingizmi? O‘zingiz talab darajasida test tuza olasizmi? 9. Esse nima, esse uchun savollar tuzishda qanday qoidalarga amal qilish kerak? 10. Esse yozishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
Testlar

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin