6. Quyida «Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim(B/B/B)» jadvali metodini Iqtisodiyot nazariyasi fanidan “Yalpi talab va yalpi taklif” mavzusi bo‘yicha qo‘llanishi ko‘rsatilgan. Bu metod iqtisodiy fanlardan dars otishda mavzuning kirish qismida «aqliy hujum» metodi bilan qo‘llash samarasi yuqori. O‘qituvchi «aqliy hujum» natijasi asosida so‘rov o‘tkazib, «Nimalarni bilishimiz kerak» ustunini to‘ldirilishni ta‘minlaydi. Bunda talabalar o‘z daftarlariga mustaqil yozishlari yoki doskada ham biron talaba yozib birgalikda to‘ldirish mumkin.
B/B/B jadvali metodini“Yalpi talab va yalpi taklif” mavzusida qo‘llash.
Bilaman
Bilmoqchiman
Bildim
1. Talab va uni o‘zgarishiga ta‘sir qiluvchi omillar 2. Taklif va uni o‘zgarishiga ta‘sir qiluvchi omillar 3. Talab va taklif grafigi 4. Talab va taklif qonuni 5. Samarali tanlov 6. Bozor muvoza-nati 7. Yalpi talab va yalpi taklif va boshqalar
1. Yalpi talab egri chizig‘ini individual talab egri chizig‘iga o‘xshashlik sabablari
2. Yalpi taklif egri chizig‘i, uni qisqa va uzoq muddatli davr nuqtai nazaridan o‘rganish
3. Yalpi taklif egri chizig‘ining siljishi nimani ko‘rsatadi?
1.a) boylik effekti; b) protsent stavkasi effekti; v) import effekti; g) yalpi talab determi-nantlari 2.Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig‘i uch bo‘lakka bo‘linadi: a) gori-zontal yoki Keyns bo‘lagi; b) oraliq bo‘lak; v) vertikal yoki klassik bo‘lak. 2. Uzoq muddatli davrda vertikal holda, ya‘ni barcha resurslar ishga solingan holatda bo‘lishini. 3. Determinantlar o‘zgar-ganda mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari o‘zga-radi. Taklif egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi.
Savol: “Bilaman” ustuni talabalar tomonidan aytilgan yangi mavzu bilan bogliq avval o‘rgangan tushuncha, kategoriya, iboralari bilan to‘ldiriladi. Ikkinchi ustun esa yangi o‘tiladigan mavzu boyicha o‘rganiladigan tushuncha, kategoriya, iboralar, uzviy savollar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi. Uchinchi ustunchi, kim tomonidan to‘ldiriladi va qanday? Uni boshqa metodlar bilan qanday qo‘llani-lishini ko‘rsataolasizmi?