Jizzax politexnika instituti


Suhbatni ma‘no-mohiyati jihatidan



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə29/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   245
Jizzax politexnika instituti

1. Suhbatni ma‘no-mohiyati jihatidan quyidagi turlarga bo‘lishadi: evristik (yunoncha-heurikos - izlayman, topaman, kashf etaman) suhbat. O‘qituvchining mohirlik bilan qo‘ygan savollariga talabalarning javoblari orqali yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirishlarini ta‘minlashga qaratiladi.
Katehyezik suhbat (yunoncha - katechesis – nasihat, o‘git), biron bir ta‘limot asoslarini savol, javob shaklidagi bayoni tarzida olib boriladi.
Germenevtik suhbat (yunoncha – hermeneutikos – tushuntiruvchi, talqin etuvchi), o‘qitilayotgan, o‘rganilayotgan uzviy savolni yozilgan matnni sharhlash va uni talqin qilish– demak nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishga qaratiladi.
Suqrotchasiga va maevtikaga (yunoncha – maieutike – insonda yashiringan bilimlarni yuzaga chiqarishga undaydigan) asoslangan suhbat. Dialektik fikrlashga, bahs-munozara san'atiga o‘rgatish, qat‘iyan man qilingan fikrlardan qochishga o‘rgatadigan suhbat.
Suhbat metodi o‘quvchi-talabalarga beriladigan ta‘lim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Uning samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta‘minlash, ko‘rgazmali materiallarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishishdir.
Bu metodning samarasi, asosan, o‘qituvchi mahoratiga, uning ta‘sirchan, tushunarli, diqqatni tortadigan emotsional bayon qilishiga, har bir so‘z, ibora uning ko‘zida, chehrasida qanday ifodalanishiga bog‘liq. Suhbat talabalarning intellektual darajasiga mos bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi ushbu metod asosida dars o‘tishga tayyorlanar ekan, zarur materialni, mavjud sharoitda eng yaxshi maksimal natijaga erishish uchun metodik usullar tanlaydi. Ko‘pincha xotirada qoladigan usullar qo‘llaydi. Taqqoslash, solishtirish, o‘xshatish, xulosa chiqarish kabilar xotirada qolishga yordam beradigan usullardir
Savol-javob va suhbat metodlarini qo‘llab dars o‘tishning boshqa barcha uslublarga o‘xshab, o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud. Ular quyidagilar:
Afzalliklari:
1. Eng univеrsаl mеtоd. U bаrchа fаnlаr, mаvzulаrni o‘rgаnishdа kеng qo‘llаnilаdi
2. Darsda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi.
3. Talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan, har bir talabaga savol bilan murojaat qilish orqali faollashtirish imkоni kаttа.
4. Bоshqа hаmmа m еtоdlаr bilаn birgаlikdа qo‘llаnilаdi. Bu jihаtdаn ungа tеng kеlаdigаn mеtоd yo‘q.
5. Birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida guruhni boshqarishni praktikada qo‘llash.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin