Jizzax politexnika instituti


Juftlik ham o‘ziga xos, ikki kishidan iborat kichik guruh



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə33/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Juftlik ham o‘ziga xos, ikki kishidan iborat kichik guruh. Unda topshiriqlar juftlik o‘rtasida tayyorlanadi, muhokama qilinadi. Guruhni juftlikdan iborat eng kichik guruhga bo‘linib ishlashining afzalligi shundaki, ular bir partada o‘tirishadi. Topshiriqni bajarish, muhokama qilish, maslahatlashish uchun alohida joy, xonaning keragi yo‘q. Savol-javob, mashq (ayniqsa, to‘g‘ri/noto‘g‘ri)larni bajarishda darsni juftlik asosida tashkil qilish samarali bo‘lib, talabalarni faollashtiradi, o‘z fikrini himoya qilish, asoslashga o‘rgatadi.
Ikkinchi model, mozaika modeli, kooperativ kichik guruh deb ham ataladi. Bu model ko‘proq qo‘shimcha sinf xonasi, aiditoriya talab qilgani uchun shunday imkonivat bor sharoitdada qo‘llangani ma‘qul.
Guruhdagi talabalar soni bo‘yicha o‘qituvchi har bir komandaga 4 yoki 5 tadan talabani jalb qiladi. Har bir komanda tarkibidagi talaba soniga qarab, 4-5 savol yoki qismdan iborat materialni o‘rganish uchun topshiriq beriladi. Har bir komandadan bir kishi bitta qismni yoki savolni o‘rganadi.
Turli komandalardan shu qism yoki savolni olgan talabalar birga yig‘ilib, o‘quv topshirig‘ini muhokama qiladilar. Bu guruhlarni ekspert guruhlari deb ataladi. Asosiy guruhlarni alfavitdagi harflar bilan, talabalarni raqamlar bilan belgilaymiz.
Aytaylik, guruh 24 ta talabadan iborat. O‘qituvchi ularni 4 tadan 6 ta guruhga (A, B, V, G, D, E) bo‘ladi. Birinchi guruh A, undagi talabalar A1, A2, A3. A4, ikkinchi guruh B, undagi talabalar B1, B2, B3, B4, va hokazo tarzida bo‘linadi, Har bir talaba o‘zining raqami bo‘yicha asosiy komandasidan, ya‘ni harf bo‘yicha o‘quv materialining ma‘lum qismini yoki savolni o‘rganish bo‘yicha topshiriq oladi.
So‘ngra mutaxassislar guruhida (raqamlar bo‘yicha) barcha 1, 2, 3, 4 raqamlar asosida yangi guruh tashkil bo‘ladi. Ya‘ni mutaxassislar komandasi A1, B1, V1, G1, ikkinchi komanda A2, B2, V2, G2, va hokazo tarzida yangi komanda hosil bo‘ladi. Har bir asosiy komandadan bir xil raqamdagi, lekin harfi har xil komanda a‘zolari to‘planib, o‘zlariga berilgan savol, topshiriqni muhokama qiladilar. So‘ngra har kim ekspertlar guruhidan o‘zining asosiy guruhiga qaytadi.
Guruhlarni shunday tashkil etilisj ayrim adabiyotlarda mozaika, ayrimlarida kooperativ kichik guruhlar deb ataladi. Uni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin.11
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning uchinchi modeli avvalgi modellardan birmuncha farqlanadi. Kichik guruh a‘zolarining soni ixtiyoriy bo‘lib, uni o‘qituvchi barcha omillarni hisobga olgan holda o‘zi belgilaydi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin