Ikkinchi navbatda, biz umumiy pulga talabni aniqladik, endi taklif 200 milliard so‘m bo‘lganda muvozanat darajasini aniqlashimiz kerak.
Agar pul taklifi 200 milliard so‘m bo‘lsa, muvozanat quyidagicha o‘rnatiladi.Chunki pulga umumiy talabimiz Dt bilan Dr kesishgan nuqtada edi. Pul taklifi 200 milliard so‘m bo‘lganda muvozanatni topish uchun bu nuqtani Sm taklif egri chizig‘iga ko‘chiramiz. Muvozanat Е nuqtada bo‘ladi.
Pul taklifini kamayishi bilan foiz stavkasi oshayapti yoki aksincha. Demak, biz ikkisidan birini tanlashimiz kerak. Pul-kredit siyosati yuritilayotganda mamlakatdagi sharoitga, Markaziy bankning maqsadiga ko‘ra, foiz stavkasini oshirish yoki pasayishi tanlanadi. Ssuda foiz stavkasiini pasayishi investitsion faoliyatni kuchayishiga olib keladi. Chunki kreditga talab ortadi, degan xulosa chiqariladi.
Xulosa
Modellashtiruvchi o‘yin - bilim olishga qaratilgan va ma‘lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda turli (imitatsion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan) o‘yinlar yordamida ta‘lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat hisoblanadi..
Modellaщtiruvchi o‘yin metodi o‘yin jarayonida berilgan topshiriqni bajarish, hisob kitoblarni amalga oshirish, o‘yin orqali amaliyotni o‘rga-nish tufayli fanni puxta o‘zlashtirishga olib keladi.
O‘yin metodini qo‘llash uchun o‘qituvchi uning didaktik, tarbiyaviy maqsadlarini aniq belgilashi, o‘yinning asosiy bosqichlarini, har bir bosqichning aniq vazifasini ishlab chiqishi, ayniqsa o‘yinni muhokama qilishga alohida diqqat qaratilishi kerak.
Talabalarni faol qatnashishishini, mavzuning yoki o‘rganilayotgan muammoning mohiyatini chuqur anglash maqsadida o‘rganish uni konkurs tarzida qo‘llash mumkin. Bunda albatta berilgan topshiriqlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish zarur darkor.
Tadqiqot metodi - axborotlar, dalillar, ma‘lumotlar asosida tadqiqot o‘tkazish jarayonida qatnashish orqali dars o‘tishning talabalarni axborot to‘plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, baholashga o‘rgatish jarayonida mavzuning mazmunini o‘zlashtirishga, ilmiy izlanishni o‘rganishga qaratilgan metod.
* Tadqiqot metodi talabalarning fikr yuritish darajasi yuqori bo‘lishini, bor intellektual qobiliyatini ishga solishni talab qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi ham darsga nihoyatda puxta tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Tadqiqot metodini muhim jihatlaridan biri uni boshqa metodlar bilan va iqtisodiy ma‘lumotlar, turli jadval, grafiklar, diagrammalar bilan ishlash, xulosa chiqarish imkoni kattaligidir
Dostları ilə paylaş: |