Ochiq munozara qo‘yilgan muammoni belgilangan qoida bo‘yicha muhokama qilinib, yechimini qabul qilish yoki qilmaslikni plenumga topshirish bilan yakunlanadi. Bunda, masalan, quyidagicha savol qo‘yish mumkin:
Dars o‘tishning yana bir usuli kichik guruhlar o‘rtasida munozara olib borishdir. Bu usulda qo‘yilgan muammo kichik guruhlar o‘rtasida muhokama qilinib, ular o‘z takliflarini asoslab berishi zarur.
Munozara metodini qo‘llashning yana bir usuli «qarama - qarshi munozara» bo‘lib, qo‘yilgan savol, muammoga bir-biriga zid fikr, javob aytib, buni asoslash orqali uning optimal yechimini topishga qaratilgan. Uni talabalarning o‘zi olib boradi. O‘qituvchi faqat munozara olib borish uchun savol tayyorlab, darsni tashkil qiladi.
Munozara metodini qo‘llashning yana bir usuli - Amerikacha debat. Debat - bu ikki kishi o‘rtasida olib boriladigan munozara.Bunday tarzda dars o‘tishda ikki talaba belgilangan qat‘iy tartib bo‘yicha, raislik qiluvchining rahbarligi ostida berilgan savol yoki muammo bo‘yicha munozara olib boradilar. Ularning bildirgan fikrlarini hakamlar hay'ati baholaydi. Arbitrlar talabalardan belgilanadi.
Inglizcha munozara (debatlar). Munozaraning bu shaklida muhokama qilinayotgan muammo yechimiga yetkaziladi. Debatlarni tashkil qilishda turli usullarni qo‘llash mumkin. Bu o‘qituvchining fantaziyasi, qo‘ygan maqsadi, mahoratiga bog‘liq. Bu munozaralarga talabalar puxta tayyorlanib, berilishi mumkin bo‘lgan savollar va ularni javoblarini o‘ylab kelishlari zarur. Har bir talaba darsda debat olib boruvchi sifatida qatnashmagan taqdirda, savol bilan murojaat qiluvchi yoki hakam sifatida qatnashadi. Buni hech kim yodidan chiqarmasligi, demak darsga alohida tayyorgarlik ko‘rishi lozim.
Munozara metodini qo‘llashning yana bir usuli muzokara bo‘lib, unda asosiy maqsad munozarali masalalarni yechishda bir-biriga yon berib, umumiy qarorga kelishni o‘rganishdir. Vaqtdan samarali foydalanish uchun darsni ikki tomonlama, uch tomonlama muzokara tarzida tashkil etish mumkin. Eng oddiy, o‘ziga xos muzokara bu bozorda sotuvchi bilan xaridorning savdolashib, oxiri bir fikrga kelib, har ikkisining o‘z oldiga qo‘ygan maqsaliga erishishidir.