T sxema taqqoslash, baholashni o‘rgatuvchi metodlar orasida alohida o‘rin tutadi. U аyrim аdаbiyotlаrdа«vееr», аyrimlаridа«еlpig‘ich» dеb hаm bеrilgаn. Bu metod Uncha katta bo‘lmagan maydonda katta ma]noga ega bo‘lgan materialni ikki xil (ko‘pincha bir-biriga zid) ma‘lumot: axborot, turli qarashlarni taqqoslashning universal cxema – chizma (jadval) tarzda ifodalash orqali taqqoslash va tahlil qilishni o‘rgatuvchi metod.Bu metod ikki xil (ko‘pincha bir-biriga zid) ma‘lumot: axborot, turli qarashlarni taqqoslashning universal grafik (cxema – chizma) tarzda ifodalash bo‘lib, odatda ko‘proq sxema, jadval deb yuritiladi.
Bu metod insonning ikkiyoqlamaliligiga ham mos tushadi. Insondagi ikkiyoqlamalilik, eng avvalo, ma‘naviyat va moddiylikni murakkab tarzdagi o‘zaro birligi va uning bir-biriga o‘zaro ta‘siridan kelib chiqadi.
U o‘quvchi-talabalarni axborot, ma‘lumotlarga ikki nuqtai nazardan yonda-shishga, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha mavjud qarashlarni taqqoslash, ular asosida qaror qabul qilishga o‘rgatadi.
Ayniqsa, farqlanuvchi qarama-qarshi, xilma-xil qarashlarni, malumot axborotlarni malum bir mezonlar bo‘yicha ifodalash uchun nihoyatda qulay.
Agar ana shu mezonlarni talabalarning o‘zi ishlab chiqsa, dars yanada samarali bo‘ladi. Odatda T-sxema bir-biriga qarama-qarshi (antonim) fikrlar, qarashlar, malumotlar, axborotlarni ifodalaydi. Ularni ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, minimal/ maksimal kabilar orqali ko‘rsatish mumkin. Bunda qo‘yilayotgan maqsad o‘rganilayotgan mavzu, savol yoki qarashlarni mazmuniga ko‘ra, o‘qituvchi taqqoslash variantlarini ishlab chiqadi.
T-sxema uncha katta bo‘lmagan maydonda katta manoga ega bo‘lgan materialni ifodalash imkonini beradi. U, ayniqsa, modul yoki ma‘lum bir qarashlar mazmunini umumlashtirishda foydalanishga juda qulay. T-sxemani mustaqil tizimi bo‘yicha berilgan topshiriqlar talabalarni iqtisodiy fikrlashini rivojlantirishga juda katta ta‘sir ko‘rsatadi.
T-sxemaga misol sifatida yuqorida keltirilgan dars o‘tish metodlarining afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, Ajratilgan vaqt orasida o‘rganilayotgan mavzuga tegishli axborotlar, ma‘lumotlarni ikki nuqtai nazardan yondashib tahlil qilinadi. T-sxema bir-biriga qarama-qarshi (antonim) fikrlar, qarashlar, malumotlar, axborotlarni ifodalaydi. Ularni ha/yo‘q, tarafdor/qarshi, yuqori/ past, minimal/ maksimal kabilar orqali ko‘rsatish mumkin.
T-sxema uncha katta bo‘lmagan maydonda katta manoga ega bo‘lgan materialni ifodalash imkonini beradi. U, ayniqsa, modul yoki ma‘lum bir qarashlar mazmunini umumlashtirishda foydalanishda juda qulay.
U tanqidiy mushohada qilish, taqqoslash, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Uni individu
al, juftlikda qo‘llash, so‘ngra ular asosida butun guruh bo‘yicha yagona T jadval tuzishi mumkin. Adabiyotlarda berilgan “Yelpig‘ich” texnologiyasi ham shunga o‘xshash.