Jizzax politexnika instituti


Tarqatiladigan materiallar va ularni tayyorlash, dars jarayonida qo‘llash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə86/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   245
Jizzax politexnika instituti

2. Tarqatiladigan materiallar va ularni tayyorlash, dars jarayonida qo‘llash.

O‘tilayotgan darsda talabalarga axborot yetkazish, ularni darsni puxta o‘zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta‘minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta.


Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo‘lida bo‘lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi.
Tarqatma materiallar - ta‘lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-3 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi.
Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda: a) axborot beruvchi (AVTM), b) topshiriq beruvchi (TBTM), v) bilimni nazorat qiluvchi (BNQTM) guruhlarga ajratish mumkin.
Tarqatma material – bu o‘rganilayotgan mavzuga tegishli uni puxta o‘zlashtirish uchun xizmat qiluvchi, alohida diqqat qaratish lozim bo‘lgan axborot va ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan matn.
Axborot ko‘lami katta bo‘lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha axborotni talabalarga to‘liq yetkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo‘lib, darsga tayyorgarlik ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta‘lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari :
- Talabalarga raqamlarda ifodalangan ma‘lumotlarni og‘zaki yetkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga ham imkon bermaydi.
- Miqdor jihatdan ko‘p malumotlarni doskaga yozib, tushuntirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o‘qituvchi bilan ta‘lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi.
- Bu jihatdan ko‘rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.
O‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga ham, qo‘llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma‘lumotlar talabalar qo‘lida bo‘lishi, ularni ko‘rib turishi, tushunishi, anglashini osonlashtiradi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin