Talabalarga dars berar ekanmiz, ularning individualxislatlarini yanada boyitib, o‘z bilimlarini oshirish uchun o‘zlari harakat qilishlari lozimligini o‘rgatishimiz, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishimiz kerak. Ular o‘z oldiga o‘zi maqsad qo‘yib, unga erishish uchun harakat qilishi kerak.Ana shuning uchun ham o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, talabalarni individual xislatlariga maksimal darajada ta‘sir etib, ularni ana shu maqsadni tanlash va buning uchun o‘z kuchlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlariga yordam berishi kerak.
Tа’lim tizimini mоdulli yondаshuv аsоsidа tаshkil etish hаr bir fаn bo‘yichа sillаbus hаmdа bаhоlаsh tizimini ishlаb chishishni vа uni аmаlgаоshirishni tаlаb etаdi.
Xulosa O‘quvchi-talabalarning bilim olishini nazorat qilish, sinash va adolatli baholash ularni fanni chuqur o‘zlashtirishlari uchun intilishga olib keladi. Bilimni nazorat qilish, sinash va baholash reyting tizimi orqali amalga oshiriladi. O‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashda turli usullar qo‘llaniladi. Ulardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlari testlar, masala-mashqlar yechish, nazorat ishi yozish, esse yozish, savol-javob o‘tkazish, referatlar yozish, ijodiy topshiriqlarni bajarish va boshqalar bo‘lib, ularning har birini o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. Shuning uchun iloji boricha o‘qituvchi bir xil usulni qo‘llamaslikka harakat qilgani ma‘qul. Kelajakda o‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashda jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib, ularni qo‘llashga diqqat qaratish ijobiy natijalarga olib kelishga yordam beradi.
Nazorat savollari: 1. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning qanday ahamiyati bor?
2. Nazorat qilish va baholashning qanday tamoyillarini bilasiz?
3. Talabalar bilimini nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz?
4. Nazorat qilish va baholashning asosiy shakllarini, afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsating. 5. Siz talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning qaysi turlarini ko‘proq qo‘llagan bo‘lar edingiz? Nima sababdan? Izohlang.
6. Sillabus(Syllabus) nima? Siz o‘z faoliyatingizda undan foydalanasizmi?
7. O‘quvchi-talabalarning bilimini sinash va baholashda yana qanday ilg‘or jahon tajribalaridan foydalangan bo‘lar edingiz?
8. Mustaqil ishlashni tashkil etishda talaba nimalarga e’tibor berishi zarur deb bilasiz?