19-mavzu: IQTISODIY FANLAR BO‘YICHA O‘QUV – USLUBIY KOMPLEKSI. ULARNI TUZISH VA O‘QUV JARAYONIDA QO‘LLASH METODIKASI
REJA:
1. Kadrlar tayyorlash maqsadi va uni Davlat ta‘lim standartlarida ifodalanishi.
2. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv-uslubiy kompleksi va uning tarkibiy qismlari.
3. O‘quv-uslubiy kompleksini tayyorlash va o‘quv jarayonida qo‘llash
Tayanchso‘zvaiboralar: O‘quv-uslubiy majmua. Standart. Kadrlar tayyorlashning davlat ta‘lim standartlari. Kasb-hunar ta`limi tarmoq standarti.Kasb. O`quv rejasi. Davlat attestatsiyasi. O‘qish. O‘quv fani dasturi. O‘quv faoliyati. Darslik.
1. Kadrlar tayyorlash maqsadi va uni Davlat ta‘lim standartlarida ifodalanishi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, ishning ko‘zini biluvchi, vaziyatni taxlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta‘minlovchi kadrlar tayyorlashni eng muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim.
Bu vazifani amalga oshirishda ta‘lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy kompleks va uning o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llash muhim rol o‘ynaydi.
Biz eng avvalo kimni, qanday kadrlar tayyorlashni aniq tasavvur qilishimiz kerak. Bu maqsad davlat ta‘lim standartlarida o‘z aksini topadi.
Standart (inglizcha Standard-norma, namuna) mahsulotni sifati, tarkibi jihatidan qat‘iy belgilangan parametrlardan tashkil topgan, mahsulot, qoida, ko‘rinishdir. Standart keng ma‘noda bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan ob'ektlarni solishtirish uchun qabul qilingan namuna, etalon, modeldir. Standartlar texnik normativ hujjat sifatida ishlab chiqilib, qabul qilingan ma‘lum mezonlar, qoidalar, talablar kompleksidan iborat. Ular vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |