Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə116/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Standartlar moddiy shaklda mahsulot etaloni, namuna sifatida bo‘lishi yoki turli normativ, qonun-qoida, talablar tarzida bo‘lishi mumkin. Standartlarni qo‘llashdan maqsad, mahsulotni, bajarilgan ishni sifatini ta‘minlash.
Ta‘lim tizimida kadrlar tayyorlashning davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqilishidan maqsad tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamon talabi darajasida bo‘lishini ta‘minlashdir.
Bu standartlarda ta‘lim dargohini bitirib chiqayotgan o‘quvchi, talabalar qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning qo‘lidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo‘yiladi.
Ta‘limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta‘limni isloh qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri. Unga bozor iqtisodiyoti talablari nuqtai nazaridan yondashiladi. Jamiyat bilan ta‘limning o‘zaro moslashishini ta‘minlash bugungi kunning nihoyatda jiddiy masalasidir. Ayniqsa, ikki mustaqil bozor, ta‘lim va mehnat bozorlarini bir-biriga yaqinlashtirish, shu asosda talab va taklif muvozanatiga erishish nihoyatda muhim va dolzarb masala. Jamiyatda sodir bo‘layotgan yangiliklar, iqtisodiy o‘zgarishlar ta‘lim tizimiga yangicha yondashishni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga oshirish dozim bo‘lgan vazifalaridan biri, ta‘lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga talablarni, ularning madaniy va ma‘naviy-ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta‘lim standartlarini yaratish va uni tadbiq etishdir.
Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish:
1. O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim ekvivalentligini, turli ta‘lim muassasalari diplomlarini taqqoslab, mamlakatimiz ishchi va mutaxassislarini xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta‘minlaydi.
2. Ta‘lim xizmatlari sifatiga aniq (qat‘iy) talablarni belgilab qo‘yilishi kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi.
3. Ta‘lim muassasalari ishi samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi.
4. Iqtisodiyot va biznes talablarini tezda ilg‘ash va hisobga olish imkoniyatlarini yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng uning talablarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 5–yanvarda «Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davlat ta‘lim standartlari»ni ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi va shu Qaror asosida «Davlat ta‘lim standartlari to‘g‘risida» gi Nizom ishlab chiqildi.
Nizomning 1.1 bandida: O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» qonunining 7-moddasida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunish va mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar, ta‘lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta‘lim standartlari(DTS) belgilanadi.
DTSda kadrlar tayyorlash sifatiga, ta‘lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ta‘lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta‘lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv yuklamasining zarur hajmini, ta‘lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilash qayd etilgan.
Nizomda davlat ta‘lim standartlarining maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan. Davlat ta‘lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:

  • ta‘limning yuksak sifatini ta‘minlash hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar asosida rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta‘minlash;

  • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;

  • ta‘limning demokratlashuviga insonparvarlashuviga, ijtimoiyligiga ko‘ra, ta‘lim oluvchilarning xuquqiy, iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish;

  • sifatli ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta‘lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya qilish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini va ta‘lim faoliyati mezonlari va tartibini baholash;

  • ta‘lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta‘minlash, ta‘limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv - tarbiya jarayonini maqbullashtirish;

  • mehnat va ta‘lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta‘minlash.

DTSning аmаliy muhimligini hisоbgа оlib, uni quyidаgi tаrtibdа ishlаb chiqish tаvsiya etilаdi:

  • muаlliflik jаmоаlаrini tuzish;

  • аlоhidа bo‘limlаrni ishlаb chikish, ulаrga dаstlаbki bаhоlаsh vа o‘zgаr-tirishlаr kiritish;

  • DTS lоyihаsini tuzish uni ekspеrt bаhоlаshi;

  • yakuniy ishlоv bеrish, tаhrirlаsh, rаsmiylаshtirish vа tаsdiqlаsh.

Shunday qilib, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga talab va ta‘lim mazmunidan kelib chiqqan holda:
* Davlat ta‘lim standartlari;
* asosiy qoidalar bo‘yicha tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi;
* tayanch o‘quv rejalari ta‘lim muassasalarining ishchi - o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin