2. Siz o‘z mutaxassislik faningizdan muammoni yechishga qaratilgan matn tanlang. Kichik guruhlar uchun topshiriq va javob varaqasi, baholash jadvali tayyorlang. Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Juftlik va kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tish qaysi jihatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi? 2. Talabalarning samarali ishlashi uchun kichik guruhlarda qanday qoidalarga amal qilish kerak?
3. Kichik guruhlarda ishlash talabalarga nimalarni o‘rgatadi? 4. Kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tishning asosiy fazalari va ularning mazmunini aytib bera olasizmi? 5. Sizningcha, kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning qaysi modellarini qo‘llash imkoniyati katta?
Testlar
1. Hamma talabalar ham darsga faol qatnashmasligi mumkin, lekin ularning qaysi biri ekanligini aniqlash qiyin, dars o‘tish metodini ko‘rsating. savol-javob;
tadqiqot;
munozara;
kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tish.
2. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish metodining asosiy xususiyati. iqtisodiy hamkorlik, bevosita bir-biriga ta‘sir ko‘rsatish, axborotlarni guruh bo‘lib birgalikda ishlash