Jizzax politexnika instituti


Ma‘ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə18/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   245
Jizzax politexnika instituti

2. Ma‘ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Ma‘ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablarni ikki guruhga ajratish mumkin:
A) Ma‘ruza tayyorlash shakliga, boshqacha aytganda ma‘ruza matniga qo‘yila-digan talablar;
B) Ma‘ruza o‘qishga qo‘yiladigan talablar.
Birinchi guruh, ma‘ruza matniga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  1. O‘qituvchi ma‘ruzaning detallashtirilgan rejasi, boshqacha aytganda texnologik xaritasi tuzishi zarur. U aniq va lo‘nda ifodalangan butun ma‘ruza mazmunini qamrab oluvchi masalalarni o‘z ichiga olishi zarur.

  2. Bayon qilinishi ko‘zda tutilgan masalalar mantiqiy izchillikda yoritilishi hamda ular qisqacha xulosalar bilan yakunlanishi kerak.

  3. Ma‘ruza matni kirish, asosiy va yakuniy qism, ya‘ni xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.

  4. Ma‘ruzaning mazmuni ochib beriladigan asosiy qismida quyidagi jihatlarga e’tibor berilishi lozim:

a) ma‘ruzaning g‘oyaviy nazariy jihatlari:
* ma‘ruzada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qabul qilin-gan qonunlar, normativ hujjatlar hamda atoqli davlat arboblari asar-laridan sitatalar keltirilishi;
* mavzuning asosiy tushunchalarini o‘quv dasturiga mos ravishda ochib berilishi;
* ma‘ruza matnining ilmiyligi; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari mavzularda aks ettirilganligi;
* ma‘ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi masalalarning berilishi;
*ma‘ruza matnlarida milliy mustaqillik, Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat kabi bunyodkorlik g‘oyalarini aks etishi;
*nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi;
*o‘rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o‘rni belgilanishi; va boshqalar.
b) ma‘ruzaning metodik jihatlari:
- ma‘ruzaning mantiqiydigi va isbot talab qilmasligi;
- materialni savodli va mazmundor tarzda berilishi;
- o‘quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;
- tarbiyaviy yo‘nalishga ega ekanligi.
Ma‘ruzani o‘kish va matnini tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan barcha an'anaviy va zamonaviy usullar, yo‘llar hamda texnik vosita, jumladan multimedia vositalari va ko‘rgazmali o‘quv qo‘rollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Ma‘ruzaning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
* mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;
* ma‘ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;
* talabalarda bilishga va o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi hamda o‘zdashtirishoarini nazorat qilish imkonini beruvchi savollar turkumini keltirilishi;
5. Adabiyotlar ro‘yxati ma‘ruza mazmunini aks ettirishi lozim.
Ikkinchi guruhga ma‘ruza o‘qiydigan o‘qituvchi va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar kiradi.
Ma‘ruza o‘qish jarayon sifatida ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarning birligidir.
Ma‘ruza o‘qishning ob’ektiv tomoniga o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rganilayotgan fanning mazmuni, dars o‘tish tamoyillari kiradi. Sub’ektiv tomonlariga esa:
a) o‘qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
b) o‘qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun-qoidalarini qo‘llay bilish mahorati;
v) har bir o‘qituvchining ta‘lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo‘llashdagi individual xususiyatlari kiradi.
Dars berishda pedagog sub’ektiv omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p jihatdan talabalarning o‘zlashtirishi o‘qituvchining dars o‘tishda tanlagan metodlariga bog‘liq.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin