Jizzax politexnika instituti


Guruhni kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Unga ma‘ruzaga o‘xshab



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə32/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Guruhni kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Unga ma‘ruzaga o‘xshab ikki nuqtai nazardan: 1) o‘quv jarayonini tashkiliy shakli sifatida; 2) dars o‘tish metodi sifatida yondashish mumkin.
Kichik guruhda ishlash individual ishlashga qaraganda yaxshi natija beradi. Sababi:
 axborot diapazoni keng, chunki har bir talaba ma‘lum axborotga ega;
 hamkorlik natijasida passiv talabalarning ham faolligi ortishi mumkin;
 ko‘pgina taklif, fikrlar o‘zaro tanqid natijasida saralanadi.
Kichik guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini oshirishdir. Uslubni qo‘llash natijasida talabalar tomonidan:
- birgalikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;
- nutq so‘zlash va o‘z fikrini asoslab berishga, himoyalanishga o‘rganadi;
- mustaqil fikrlash va muammolarni yechishga ishtiyoq shakllanadi;
- o‘rganishga, ishlashga ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Kichik guruhlarga bo‘lib o‘tilgan darsda o‘qituvchi yagona axborot beruvchi, taqriz qiluvchi, baholovchi shaxs sifatida markazda turmaydi. U mavzuni o‘rgatuvchidan darsni tayyorlovchi va tashkil etuvchiga aylanadi.
Kichik guruhlarda berilgan topshiriq bo‘yicha mavzuni intensiv o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ularni chuqur o‘zlashtirishga harakat qilish natijasida olingan bilimni uzoq muddat yodda qolishiga erishiladi.
Kichik guruhlarda ishlash faqat qo‘yilgan topshiriqni emas, balki uning natijasini muhokama qilishni ham o‘z ichiga oladi. Bunda doskadan, texnik vositalardan keng foydalanish mumkin.
Kichik guruhda ishlashning ahamiyatli jihati kichik guruh, oxir-oqibat umuman butun guruhning ishini unumli bo‘lishini ta‘minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi avvaldan hamma dars jarayonini rejalashtirishi kerak.
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi, talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishni tashkil etishning o‘zi yetarli emas ekan. Kutilgan natijaga erishish uchun yana ikki komponent: guruhni rag‘batlantirish va shaxsan mas'uliyatni his qilish mexanizmi va uni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish kerak ekan. Agarda guruh miqyosida rag‘batlantirish yetarli bo‘lmasa, guruh a‘zolari o‘z o‘rtoqlari o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay qo‘yadi.
Har bir kichik guruhning yetakchisi tayinlangani ma‘qul. Ularni passiv, o‘z fikrini aytmaydigan yoki yaxshi o‘zlashtiradigan, faol talabalardan tanlash mumkin. yetakchi turli funksiyalarni bajarishi mumkin, kichik guruh a‘zolarining topshiriqni bajarishini nazorat qilishi lozim.
Yetakchilar guruhning har bir a‘zosini individual hissasini, rolini ko‘rsatib berishlari kerak. Iloji boricha barcha o‘quvchi-talabalarni yetakchi rolida sinab ko‘rgan ma‘qul.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin