Xulosa
Loyihalash metodi – o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzu, muammo, masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadni va uni bajarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o‘rgatadigan metod.
Metodni qo‘llash asosida dars o‘tganda loyihalash ob'ektining maqsadini aniqlash, mazmunini ifodalash muhim ahamiyatga ega. Bu metod asosida biznes reja tuzish, texnologik xarita ishlab chi-qish, turli loyihalar ishlab chikish va ularni amalga oshirish ko‘nik-masi hosil bo‘ladi. Bu metod mas'uliyatni his qilishga o‘rgatadiKeys stadi metodi «sase study method» - o‘quvchi-talabalarni qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‘rganish metodi. U talabalarni muammoli vaziyatdan chiqib ketishga o‘rgatadi.
Biz «muаmmо» so‘zini ko‘p eshitаmiz vа o‘zimiz hаm qo‘llаymiz. Muаmmо bu qo‘yilgаn mаqsаd bilаn ungа erishish o‘rtаsidаgi qiyinchilik, еtisholmоvchilik, imkоnsizlikni ifоdаlаydi. Ulаr turli-tumаn. Biz hаr qаdаmdа ro‘bаru kеlаdigаn muаmmоlаr bu turmush vа ish jаrаyonidаgi muаmmоlаrdir.
O‘qituvchi shunday muammolarni tanlashi lozimki, u barchaga tushunarli bo‘lsin. Vaziyat haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun axborot to‘plash va undan foydalanish, axborotni qayta ishlashga alohida ahamiyat berish zarur.
Nazorat savollari:
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda masala, mashq yechish nima sababdan asosiy o‘rinda turadi?
Ma‘lum bir kategoriya, tushunchaning asosiy mazmunini bilishga qaratilgan masalalar, qanday masalalar?
Qanday masalalar ma‘lum bir tushuncha asosida hisob-kitob qilish, undan xulosa chiqarishga qaratilgan?
4. Qaysi iqtisodiy fanlarda masalani yechish uchun mazkur kategoriya haqida umumiy tushuncha bo‘lishi kerak?
5. Fanni o‘rganishda mashqlar qanday o‘rin tutadi? Fikringizni batafsil bayon qiling.
6. Iqtisodiy fanlarda o‘rganiladigan mashqlarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
7. Testlar haqida nimalar deya olasiz? Ularning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
8. Test tuzish qoidalarini o‘rgandingizmi? O‘zingiz talab darajasida test tuza olasizmi? 9. Esse nima, esse uchun savollar tuzishda qanday qoidalarga amal qilish kerak? 10. Esse yozishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
Dostları ilə paylaş: |