Jizzax politexnika instituti


Buхgаltеriya hisоbi fаni mavzularida T sxemani qo‘llash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə96/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Buхgаltеriya hisоbi fаni mavzularida T sxemani qo‘llash



BАLАNS

АKTIV

PАSSIV

Mаblаg‘lаr turi vа
ulаrning jоylаnishi

summа

Mаblаg‘lаr mаnbаi vа
ulаrning tаyinlаnishi

summа

Аsоsiy vоsitаlаr

350000

Ustаv fоndi

400000

Vа hоkаzо




Vа hоkаzо




Хuddi shundаy misоlni Аudit fаnidаn kеltirishimiz mumkin.


Fantekshirisho‘tkazishvaxatolarnianiqlashnio‘rganishgaqaratilarekan, darso‘tishmetodlarinitanlashdaanashujihatlargaalohidaahamiyatberishzarur.
Engavvaloauditorlikamaliyotidabuxgalteriyahisobiyuritishdaengko‘puchraydiganxatolarnianiqlashvadarsjarayonidaulargaahamiyatberishgа talaba-lardiqqatiniqaratishizarur. Ma‘lumki, yo‘l quyilgan xatolar ikki xil bo‘lishi mumikn: 1. Bilmay, o‘ylab ko‘rmay, bexosdan qilingan xatolar; 2. Ataylab, avval-dan rejalashtirib qilingan xatolar.
Birichisini odatda hisob yozuvlarida va guruhlarda arifmetik yoki mantiqiy xatolar, hisob to‘liqligiga e’tiborsizlik va xo‘jalik faoliyati xolatlari, mol-mulkning mavjudligi va holati, hisob-kitoblar noto‘g‘ri taqdim etilishi natijasida moliyaviy ma‘lumot bexosdan buzilishi xato hisoblanadi.
Ikkinchi guruh хаtоlаri tovlamachilik, hiylagarlik sifatida qaraladi.
Ko‘rinib turibdi, bu fanda asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati jarayonida qabul qilingan qonun, me’yoriy hujjatlarga rioya qilayaptimi yo‘qmi? tekshirish ekan, bu albatta taqqoslashni o‘rgatuvchi metodlarni keng qo‘llashni talab qiladi. Shuningdek, esse yozish, loyihalash metodlari ham fanning xususiyatiga mos tushadi.
Shunday tarzda boshqa iqtisodiy fanlarni o‘rganishda ham dars o‘tish metodlarini tanlaymiz.
Xulosa

Ma‘lumki, har bir fanning o‘ziga xos xususiyati mavjud bo‘lib, ular eng avvalo fanning predmeti, maqsad, vazifalari, o‘rganish metodlari bilan ajralib turadi.


Buxgalteriya hisobi fani o‘zining qator xususiyatlari bilan boshqa iqtisodiy fanlardan ajralib turadi. Eng asosiysi buxgalteriya hisobi hujjatlashtirish, hujjatlarning esa yuridik kuchga ega bo‘lishi, ikki yoqlama yozuvga asoslanishi bilan farqlanadi va boshqa hech qaysi fanda (auditda uni to‘g‘ri bajarilgani tekshiriladi) o‘rganilmaydi. Bajariladigan amallar esa qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishi shart.
Iqtisodiy tahlilda taqqoslash, solishtirish asosiy o‘rinda turadi. Chunki tahlilning o‘zi taqqoslashga asoslanadi. Fanni o‘rganayotgan har bir talaba uchun yana bir muhim jihat tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bo‘lib, dars o‘tish metodlarini tanlaganda, topshiriqlar tayyorlaganda albatta udarni hisobga olish muvofiq ravishda moslashtirish lozim.
Iqtisodiy faoliyat yuritishda ma‘lum bir xatoliklarga, chalkashliklarga yo‘l quyilishi chalkashliklarga yo‘l qo‘yiladi. Axborotlarning noto‘griligi qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Buni oldini olishni audit fani o‘rgatadi, fanni, amaliyotni chuqur bilgan malakali auditorlar amalga oshiradi.
Audit fani o‘zining metodlari, buxgalteriya fani va iqtisodiy tahlil bilan chambarchas bog‘liqligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Audit Fani auditni o‘tkazishda markazda auditor turishi va uni shakllanishiga alohida diqqat qaratilishi jixatidan boshqa hech qaysi iqtisodiy fanni o‘rganishda mutuxassisga bu qadar alohida e’tibor qaratilmaydi. Shuning uchun ham bu fanni o‘rganishda aqlni charxlaydigan, teran fikr yuritishga, taqqoslash, xatoliklarni tezda topishga, qabul qilingan qonun qoidalar, me’yoriy hujjatlarni chuqur bilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqish, dars o‘tish metodlarini mavzuga moslashtirish talab qilinadi

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin