Jizzax politexnika instituti


O‘quv jarayonida o`quvchi-talabalar mustaqil ishlarining tutgan o‘rni. Mustaqil ta‘limga alohida diqqat qaratilishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə98/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   245
Jizzax politexnika instituti

1. O‘quv jarayonida o`quvchi-talabalar mustaqil ishlarining tutgan o‘rni. Mustaqil ta‘limga alohida diqqat qaratilishi

Ma‘lumki, o‘qitishning asosiy shakllari – ma‘ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditoriyadan tashqarida o‘tkazilsada, unga ham avvaldan soatlar belgilanadi.


Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish o‘quvchi-talabalar dunyoqarashini shakllantirishda auditoriyada o‘tiladigan darslardan tashqari ular tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar ham katta rol o‘ynaydi.
Tajriba ko‘rсatadiki, boshlagan ishini сabr-toqat bilan mustaqil ravishdа tinmay izlanish orqali oxiriga etkazadiganlargina ћayotda ko‘zlagan maqсadlariga erishadilar. O‘quvchi-talabalarda ana shu xislatni tarbiyalashda mustaqil ishlarni tashkil etish o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi. Undan tashqari, hozirgi kunda axborot oqimi nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli o‘qituvchi qanchalik mohir bo‘lmasin dars jarayonida fan bo‘yicha barcha bilim, axborotlarni o‘quvchi, talabalarga etkaza olmaydi. Uni to‘ldirishning yagona yo‘li o‘quvchi, talabalarning o‘z ustilarida mustaqil ishlashlaridir. Mustaqil ishlashning yana bir ijobiy tomoni u mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchi, talabalarni mustaqil ishini tashkil etishga alohida diqqat qaratilmoqda.
Talaba mustaqil ishlash ko‘nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib etisha olmaydi, chunki talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarining ko‘p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko‘pgina bilimlar esa unutiladi. Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi niћoyatda katta bo‘lgan ћozirgi davrda mustaqil o‘qishga, o‘z ustida tinmay ishlash, izlanishga o‘rganish har bir mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Taniqli olim G. Spenser ta‘lim-tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozimligini ta‘kidlab, insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etganini ko‘rsatgan.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin