Jizzax politexnika instituti


Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə99/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi. Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo‘lishini ta‘minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak:
A) mustaqil ish - o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi.
B) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi.
Mustaqil ta‘lim – uzluksiz ta‘limning muhim shakli bo‘lib, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlisha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ta‘lim olish mustaqil ishlashni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi Ta‘lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash o‘qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas'uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qitish emas, balki ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishdir. Demak, ta‘lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil ta‘lim olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi.



Oquvchi, talabaning mustaqil ishidan maqsad- o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish,ijodiyishlashko‘nikmasinihosilqilishdir

Talaba mustaqil ishlash ko‘nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetisha olmaydi, chunki talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarining ko‘p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko‘pgina bilimlar esa unutiladi.




2. Mustaqil ishni tashkil qilishning xususiyatlari va tamoyillari, shakllari

Mustaqil tа'lim vа uni tashkil etish o‘quv jаrаyonining аjrаlmаs qismi bo‘lgаni hоldа uning o‘zigахоs хususiyatlаri mаvjudki, аlbаttа ulаrni hisоbgаоlish mаqsаdgа muvоfiq. Mustаqil ishlаshni tаshkil qilishning asosiy xususiyatlari quyidаgilаr:


1. Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lib, ularni bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya‘ni talabalar o‘z xohishi bilan mustaqil bajarishlarimumkin.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin