Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#127663
  1   2   3   4   5   6
Bolalar sportini rivojlantirish (2)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
SIRTQI TA`LIM FAKULTETI
Menejment yo’nalishi
692-19-guruh talabasi
Ergashev Boymirzaning
Strategik menejment
fanidan tayyorlagan

KURS ISHI





Qabul qildi: Kattakishiyev B.
Jizzax -2023 y
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH
1.1 Bolalar sportini rivojlantirish va bolalarni sportga tarbiyalash
1.2 O’quvchi yoshlar rivojlanishi va salomatligi holatiga jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug’ulanishning ta’siri.
1.3 O’quvchi yoshlar jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug’ullanishini tashkil etish.
II BOB O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRI.
2.1 Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston jismoniy madaniyat va sport taraqqiyotining ba’zi bir ko'rsatkichlari.
2.2 Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga asosan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilanoq, bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport asosiy o’rinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni sog’lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek “Kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”.
Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi Qarori «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Farmoni va boshqa bir qator qarorlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo’l ochmoqda.
2017 yil 3 iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida berilgan topshiriqlardan kelib chiqgan holda respublikamizda bolalar sportini dolzarb masalalarini hal qilish uchun aniq vazifalar belgilab berilgan. Darxaqiqat, Respublikamiz miqiyosida sportni rivojlantirish dasturi asosida uch bosqichli: oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida “Universiada”, kasb-hunar kollejlari talabalari o’rtasida “Barkamol avlod” va maktab o’quvchilari o’rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalari o’tkazib kelinmoqda.
Yurtimizda sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va madaniyat darslarining sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.
Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi xisoblangan milliy madaniyatimizni, yoshlarning axloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz tasavvur etish qiyindir. Inson ijtimoiy xayotda ongli ravishda o’z o’rnini egallashi uning voyaga etishi, farzandlik burchini, ota-onalik burchini ato etishi, o’zidan keyin ma’lum bir iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Shundan kelib chiqib yosh sportchi bolalar va o’smirlar sport turlaridagi sport turlariga o’rgatish jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tarbiyalash muammosiga yanada chuqurroq kirib borishga va bu muammoga ilmiy-amaliy jihatdan oydinlik kiritishga asos bo’la oladi.
Bolalar va o’smirlar uchun jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risida ulug’ allomalarimizning qoldirgan noyob asarlari va ularning o’gitlariga bog’liq bo’lib, ularning jismoniy tarbiya va sportga qo’shgan ulkan xizmatlarini o’rganish va uni amalga tadbiq etish bugungi kunning, ayniqsa jismoniy tarbiya fanining dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin