34
autentifikatsiya masalasining to‘la yechilishiga javob bera olmaydi.
Shuning uchun autentifikatsiya uslubi va vositalari kriptografik
algoritmlar bilan birgalikda kompleks holda qo‘llanilishi talab etiladi.Quyida
ikkita (A) va (B) foydalanuvchilarning aloqa munosabatlarida autentifikatsiya
tizimi raqib tomonning o‘z maqsadi yo‘lidagi qanday xatti-harakatlaridan va
kriptotizim foydalanuvchilarining foydalanish protokolini o‘zaro buzilishlardan
saqlashi kerakligini ko‘rsatuvchi holatlar ko‘rib chiqiladi.
Rad etish
(renegatstvo)-
Foydalanuvchi (A) foydalanuvchi (B) ga haqiqatan ham
ma‘lumot jo‘natgan bo‘lib, uzatilgan ma‘lumotni rad etishi mumkin.Bunday
qoida buzilishining (tartibsizlikning) oldini olish maqsadida elektron (raqamli)
imzodan foydalaniladi.
Modifikasiyalash
(o’zgartirish)-
Foydalanuvchi (B) qabul qilib olingan
ma‘lumotni o‘zgartirib, shu o‘zgartirilgan ma‘lumotni foydalanuvchi (A)
yubordi, deb takidlaydi (da‘vo qiladi).
Soxtalashtirish
-Foydalanuvchi (B)ning o‘zi ma‘lumot tayyorlab, bu soxta
ma‘lumotni foydalanuvchi (A) yubordi deb da‘vo qiladi.
Faol modifikatsiyalash (o’zgartirish)
-
(A) va (B) foydalanuvchilarning
o‘zaro aloqa tarmog‘iga uchinchi bir (V) foydalanuvchi noqonuniy tarzda
bog‘lanib, ularning o‘zaro uzatayotgan ma‘lumotlarini o‘zgartirgan holda
deyarli uzluksiz uzatib turadi.
Dostları ilə paylaş: