Jizzax politexnika instituti


Niqoblash (Imitatsiyalash



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/79
tarix07.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#129790
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
axborot xavfsizligi Jizzax

Niqoblash (Imitatsiyalash

- Uchinchi fodalanuvchi (V) foydalanuvchi 
(B)ga foydalanuvchi (A) nomidan ma‘lumot jo‘natadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan: modifikatsiyalash, soxtalashtirish, faol 
modifikatsiyalash, niqoblash kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishini oldini 
olish maqsadida raqamli signaturadan - raqamli imzo va uzatiladigan 
ma‘lumotning biror qismini to‘la o‘z ichiga oluvchi raqamli shifrmatndan iborat 
bo‘lgan ma‘lumotdan foydalaniladi. 
Takrorlash 
- Foydalanuvchi (V) foydalanuvchi (A) tomonidan 
foydalanuvchi (B)ga junatilgan ma‘lumotni takroran (B)ga jo‘natadi. Bunday 
noqonuniy xatti-harakat aloqa usulidan banklar tarmoqlarida elektron hisob-
kitob tizimidan foydalanishda noqonuniylik bilan o‘zgalar pullarini talon-taroj 


35 
qilishda foydalaniladi. Ana shunday noqonuniy usullardan muhofazalanish 
uchun quyidagi chora - tadbirlari ko‘riladi. 

Imitatsiyalashga bardoshlilik - imitabardoshlilik; 

kriptotizimga kirayotgan ma‘lumotlarni muhofaza maqsadlaridan 
kelib chiqib tartiblash. 

Elektron raqamli imzo aloqa tizimlarida bir necha tur qoida 
buzilishlaridan muhofaza qilinishni ta‘minlaydi, ya‘ni: maxfiy kalit faqat 
foydalanuvchi (A)ning o‘zigagina ma‘lum bo‘lsa, u holda foydalanuvchi (B) 
tomonidan qabul qilib olingan ma‘lumotni faqat (A) tomonidan jo‘natilganligini 
rad etib bo‘lmaydi; 

qonun buzar (raqib tomon) maxfiy kalitni bilmagan holda 
madifikasiyalash, soxtalashtirish, faol modifikatsiyalash, niqoblash va boshqa shu 
kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi;

aloqa tizimidan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘liq holda ish 
yuritishi munosabatidagi ko‘plab kelishmovchiliklarni bartaraf etadi va bunday 
kelishmovchiliklar kelib chiqqanda vositachisiz aniqlik kiritish imkoniyati 
tug‘iladi. 
Ko‘p hollarda uzatilayotgan ma‘lumotlarni shifrlashga hojat bo‘lmay, uni 
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ochiq 
matn jo‘natuvchining yopiq kaliti bilan shifrlanib, olingan shifrmatn ochiq matn 
bilan birga jo‘natiladi. Ma‘lumotni qabul qilib olgan tomon jo‘natuvchining ochiq 
kaliti yordamida shifrmatnni deshifrlab, ochiq matn bilan solishtirishi mumkin. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin