Jizzax politexnika instituti



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/79
tarix07.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#129790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
axborot xavfsizligi Jizzax



 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 
VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
Eshonqulov Sh.U., Qarshiboyev N.A.
AXBOROT 
XAVFSIZLIGI
fanidan (amaliy) mashg‗ulot uchun
 
 
 
O‟QUV QO‟LLANMA 
 
 
 
Jizzax-2022 



J
Axborot xavfsizligi. 
Mualliflar:
JizPI ―Energetika va radioelektronika‖ fakulteti ―Ishlab 
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish‖ kafedrasi katta 
o‘qituvchisi Sh.U. Eshonqulov., assistenti N.A.Qarshiboyevlar tomonidan 
―Axborot xavfsizligi‖ fanidan o‘quv qo‘llanma, JizPI, 148 b., Jizzax-
2022. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma ―Axborot xavfsizligi‖
 
fanining tanlov fanlari 
bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, xavfsizlikning asosiy tushunchalari, ularning vazifalari, 
maxfiy xabarlarning xavfsizligini ta‘minlash usullari bilan ishlash kabi 
ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan. Bu fanni o‘qitishdan maqsad – axborot 
xavfsizligi profiliga mos, ta‘lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar 
va tajribalar darajasini ta‘minlashdir. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma ―Axborot xavfsizligi‖ fanini o‗qitishga 
mo‗ljallangan bo‗lib, oliy ta‘limning 60711400 – Texnologik jarayonlar va 
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neftkimyo va oziq-
ovqat sanoati), 60610300- Axborot xavfsizligi (sohalar bo‗yicha), 70610302 – 
Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlari bo‘yicha), 60610400 - Axborot xavfsizligini 
boshqarish bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun 
tayyorlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada axborot xavfsizligini ta‘minlashning 
asosiy tushunchalari, ularning vazifalari, maxfiy xabarlarning xavfsizligini 
ta‘minlash usullari jadal o‘sishi bilan tavsiflanadi. Kriptografiya, kriptoanaliz, 
kriptotahlil, kriptobardoshlilik, axborot xavfsizligi siyosati, va usullarining 
yutuqlari standart shifrlash algoritmlari asosida yaratilgan va kriptobardoshli 
hisoblangan ayrim kriptotizimlar bardoshliligi bahosini katta savol ostiga 
qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
Axborot xavfsizligi, Axborot xavfsizligi mutaxassisligi kabi sohalarda 
eng zamonaviy kodlashtirish usullari va OT(Operatsion tizim)da o‘rnatilgan 
dasturiy vositalardan foydalanish kabi bir qancha mavzular yoritilgan
.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan oliy ta‘limda talabalarni o‘qitish jarayonida 
foydalanish katta samara beradi deb hisoblayman va uni ochiq nashrga tavsiya 
etaman. 
O‘quv qo‘llanma JizPI Bakalavrda ta‘lim oluvchi talabalar uchun o‘quv 
jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. 
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma institut ilmiy-uslubiy kengashining qarori 
bilan chop etishga tavsiya etildi (2022 yil ―26‖ ―yanvar‖ ―6‖ sonli bayonnoma). 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin