103
shifrlash kaliti shifrlashning muayyan algoritmini tanlash uchun ham ishlatiladi.
Ochiq kalitlardan foydalanuvchi shifrlash metodlarining afzalligi, avvalo,
maxfiy kalitlarni tarqatish zaruriyatining yo‘qligidir. Katta masofalarda tarqalgan
kompyuter sistemalari uchun maxfiy kalitlarni tarqatish aytarlicha murakkab
masala hisoblanadi.
Ochiq kalitli sistemalarning ommalashuviga maxfiy kalitlarning faqat ularni
to‘liq saralash orqali olinishidan boshqa yo‘l bilan olib bo‘lmasligi isbotining
yo‘qligi to‘sqinlik qiladi.
Steganogrfiya axborotni kriptohimoyalashning istiqbolli yo‘nalishlaridan
hisoblanadi. Steganografiya bilan shifrlashni birgalikda (kompleks) ishlatilishi
maxfiy axborot kriptoturg‘unligini aytarlicha oshiradi.
Dostları ilə paylaş: